Qozoğistonda korrupsionerlarning davlat reyestri yaratiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi raisining birinçi örinbosari Ulan Sarqulov ma’lum qildi, deb yozdi Tengrinews.

«Bu profilaktika vositasi. Uning asosiy maqsadi - jamoatçilikning qoralaşi orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni şakllantirişdan iborat. Reyestrga oğir va öta oğir korrupsiya jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan şaxslar töğrisidagi ma’lumotlar kiritiladi. Jismoniy şaxslarni reyestrga kiritiş uçun sudning qonuniy kuçga kirgan ayblov hukmi asos böladi», dedi Sarqulov.

Reyestr Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining veb-saytiga joylaştiriladi. Unda korrupsiyaga uçragan mansabdor şaxsning familiyasi va ismi, uning iş joyi va jinoyat sodir etilgan paytdagi lavozimi, jinoyat tarkibi, ayblov hukmi tafsilotlari va tayinlangan jazo körsatiladi.

Reyestrdan çiqariş qonuniy kuçga kirgan va sudlanganlik olib taşlangan oqlov hukmi asosida amalga oşiriladi.