Davlat soliq qömitasi 2025 yil 1 yanvar holatiga Özbekistonda özini özi band qilgan şaxslar 4,4 mln nafardan oşganini ma’lum qildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 76,5 foizga (1,9 mln nafarga) köp hisoblanadi.
Yil davomida sohalar kesimida ösiş quyidagiça bölgan:
- maişiy xizmatlar — 104,3 foiz (+976 ming nafar, 2025 yil 1 yanvar holatiga 1 mln 912 ming nafar);
- işlab çiqariş va xizmat körsatiş — 94,6 foiz (+203,1 ming nafar, 417,8 ming nafar);
- axborot-kommunikatsiya — 87 foiz (+55,7 ming nafar, 119,7 ming nafar);
- ijtimoiy yönalişdagi xizmatlar — 55,9 foiz (+178,2 ming nafar, 496,9 ming nafar);
- qişloq xöjaligi xizmatlari — 53,6 foiz (+386 ming nafar, 1 mln 106,5 ming nafar);
- sanoat xizmatlari — 49,6 foiz (+138,9 ming nafar, 418,9 ming nafar).
Özini özi band qilganlarning 58 foizi erkaklar, 42 foizi esa ayollar hisoblanadi.
Hududlar kesimida eng köp özini özi band qilgan şaxslar Samarqand viloyatida (508,1 ming nafar) röyxatdan ötgan.












