Germaniyadan Yevropa Ittifoqi taşqarisiga göşt va sut mahsulotlari eksporti jiddiy çeklovlarga duç kelmoqda. Bunga Berlin yaqinidagi ferma mollari orasida 40 yil içida birinçi marta oqsil (oqsim, yaşçur deb ham ataladi) kasalligi qayd etilgani sabab bölmoqda.
Yaqinda Brandenburg yeridagi fermada uç boş hökiz nobud bölgan. Mutaxassislar ular qanday qilib oqsil kasalligiga çalinganini aniqlamoqda. Podadagi qolgan hayvonlar söyib taşlandi. Şuningdek, fermadan piçan sotib olgan kiçikroq hayvonot boğida bir neçta eçki va qöylarni ham söyişga töğri keldi.
“Hozirça biz bu kasallik faqat Brandenburg hududida tarqalganiga va boşqa fermer xöjaliklariga zarar yetmaganiga işonçimiz komil emas. Şu sababli, nafaqat kasallik manbayini aniqlaş, balki milliy darajada yaqindan hamkorlik örnatiş ham muhim ahamiyatga ega”, — deb bayonet berdi Germaniya qişloq xöjaligi vaziri Jyem Ozdemir.
Endilikda Germaniyaga Jahon hayvonlar soğligini muhofaza qiliş taşkiloti talablariga muvofiq, Yevropa Ittifoqidan taşqaridagi davlatlarga çorvaçilik mahsulotlarini eksport qiliş uçun veterinariya sertifikatlari berilmaydi. Biroq ittifoq doirasida göşt eksport qiliş mumkin, faqat kasallik tarqalmagan hududlardagi fermalardan.
Kasallikning avj olişi Germaniya iqtisodiyoti uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Germaniya har yili qariyb 10 milliard yevrolik çorvaçilik mahsulotlarini eksport qiladi, uning eng yirik xaridori — Buyuk Britaniya.
Britaniya hukumati öz fermalarini himoya qiliş uçun Germaniyadan göşt importini taqiqladi. Boşqa köplab mamlakatlar ham nemis çorvaçilik mahsulotlarini import qilişdan voz keçmoqda: Meksika, Janubiy Koreya, Rossiya va Belarus şular jumlasidandir.
Oqsil kasalligi haqida
Oqsil kasalligi ötkir virusli kasallik bölib, isitma va oğiz-burun böşliği şilliq qavatining yiringlaşi bilan keçadi. U qoramollar, çöçqalar, eçkilar, qöylar va buğular orasida tarqaladi. Muşuklar, itlar va kemiruvçilar kabi boşqa hayvonlar ham kasallanişi mumkin.
Kasallangan jonivorlar bilan kontaktda bölgan odamlar ham uni yuqtirişi mumkin. Infeksiya köpinça xom sut orqali, ba’zan esa göşt orqali yuqadi.











