Ozarboyjon va Armaniston çegarani delimitatsiya qiliş işlarini davom ettiriş uçun yangi hududni belgilab oldi. Bu haqda Ozarboyjon boş vaziri örinbosari Şahin Mustafoyev matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ikki mamlakat çegarasida Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi davlat çegarasini delimitatsiya qiliş böyiça davlat komissiyasining 11-uçraşuvi bölib ötgan. Unda tomonlar kelgusida delimitatsiya işlarini olib boriş uçun çegara çiziği ötadigan hududlar tartibi töğrisidagi masala yuzasidan fikr almaşgan.
«Tomonlar davlat çegarasining delimitatsiyasi böyiça kompleks işlarni şimoliy uçastkadan — Ozarboyjon, Armaniston va Gurjiston çegaralari tutaşgan hududdan boşlaşga, keyin esa janubiy yönalişda — şimoldan janubga qadar, Ozarboyjon va Armanistonning Erongaça bölgan çegarasigaça davom ettirişga kelişib oldi», — deyiladi xabarda.
Tomonlar, şuningdek, delimitatsiya işlarini olib boriş tartibi böyiça tegişli körsatmalar loyihalarini ham muhokama qilgan, keyingi uçraşuvni ötkaziş joyi va sanasini belgilab olgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil iyunda Yerevan va Boku Tavuş viloyatidagi çegarani delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça kelişib olganidan keyin Armanistonda norozilik namoyişlari boşlangan edi. Uşbu kelişuv natijasida Armaniston Ozarboyjonga avval Ozarboyjon SSRga qaraşli bölgan, biroq 1990 yillardan beri armanlar nazoratida bölgan törtta qişloqni berişga rozi bölgan.












