Tadbir çoğida Özbekistonda sönggi yillarda hayotning barça jabhalarida amalga oşirilayotgan yangilaniş jarayoni, mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanişning yangi bosqiçiga olib çiqiş böyiça körilayotgan izçil sa’y-harakatlar haqida batafsil sözlab berildi.

Aşiş Şoh Özbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarning kölami va ularning natijalaridan yaxşi xabardor ekanini izhor qildi. Mamlakat zargarlik sohasining salmoqli salohiyati va yuqori malakali mutaxassislar xalqaro hamkorlik uçun keng istiqbollar oçayotganini ta’kidladi.

Tomonlar Özbekiston va Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi örtasida samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, zargarlik buyumlarini işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalar amalga oşiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşdi.