Turkiyada qalbaki spirtli içimlik iste’molidan vafot etgan özbekistonliklar soni ortdi. Bu haqda Istanbul şahridagi boş konsulxona xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 16 yanvar kuni Özbekistonning 4 nafar fuqarosi (barçasi erkak) vafot etgan. 17 yanvar holatiga zaharlaniş oqibatida vafot etgan özbekistonliklar soni 14 nafarni taşkil qilmoqda.

17 yanvar holatida qalbaki spirtli içimlik iste’moli taşxisi bilan Turkiya böylab kasallanganlar soni 88 nafarni taşkil qilgan. Şundan 37 nafari vafot etgan. Uşbu qurbonlar orasida mahalliy aholi va boşqa millat vakillari ham bor.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari 16 yanvar kuni Istanbul şahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli içimliklarni musodara qilgan.

Reydlar Sultonğoziy, Fatih, Bakirköy, Kuçukçekmejye, Çatalja, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida ötkazilib, 9 nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Tekşiruvlar çoğida 227 şişa soxta içimlik va distillaş uskunasi ham topilgan. Qölga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi söroqlardan söng qöyib yuborilgan bölsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.

Boş konsulxona diplomatlari Istanbul şahridagi şifoxonalarning jonlantiriş bölimlarida qalbaki spirtli içimlikdan zaharlaniş oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olgan. Ulardan 3 nafarining ahvoli oğir.

Avvalroq Turkiyada spirtli içimlikdan vafot etgan özbekistonliklar soni 10 nafarga yetgani hamda holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qölga olingani xabar qilingandi.