Turkiya hududida qalbaki spirtli içimlik iste’mol qiliş oqibatida yana uç nafar Özbekiston fuqarosi (barçasi erkak) vafot etdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar berdi.
Joriy yil 18 yanvar holatiga köra, spirtli içimlikdan zaharlaniş sababli vafot etgan özbekistonliklar soni 17 nafarga yetgan.
Boş konsulxona tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlarni iste’mol qiliş natijasida vafot etgan vatandoşlarning jasadlarini Özbekistonga yuboriş uçun zarur hujjatlar rasmiylaştirilmoqda hamda oila a’zolariga kerakli yordam körsatilmoqda.
Şu bilan birga, Istanbul hududidagi şifoxonalarning jonlantiriş bölimlarida qalbaki spirtli içimlikdan zaharlanib davolanayotgan fuqarolar soni beş nafarga yetgan. Qayd etilişiça, konsulxona xodimlari uşbu vatandoşlarning holidan xabar olib, ularning yaqinlari va şifoxona ma’muriyati bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
«Boş konsulxona diplomatlari mazkur holat yuzasidan Istanbul hokimligi, soğliqni saqlaş boşqarmasi, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda huquqni muhofaza qiliş organlari bilan muntazam aloqada bölib turibdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, ba’zi vatandoşlar zaharlangan bölsa-da, uy şaroitida davolanişga harakat qilib, şifoxonaga bormagan holatlar ham aniqlangan. Ularga murojaat qilinganda, şifoxonaga boriş moddiy jihatdan qimmatga tuşişi mumkinligini aytgan. «Biroq keyinçalik bunday qarorlar buyrak faoliyatining işdan çiqişi, köriş qobiliyatining yomonlaşişi va nafas olişda muammolar yuzaga kelişiga olib kelmoqda», — deya qayd etiladi xabarda.
Boş konsulxona har qanday holatda ham zaharlaniş alomatlari sezilganda 112 qisqa raqami orqali tez tibbiy yordam çaqirtirilişi hamda şifoxonaning «qizil hududi» («kirmizi alan») orqali qabul qilinişi lozimligini, bu xizmat bepul ekanini eslatib ötdi.
Özbekiston fuqarolari bilan uzluksiz aloqani ta’minlaş maqsadida konsulxonaning quyidagi mobil aloqa raqami +90 553 541 17 17 (24/7 rejimida) işlamoqda.
Avvalroq Turkiyada spirtli içimlikdan vafot etgan özbekistonliklar soni 10 nafarga yetgani hamda holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qölga olingani








