Jo Bayden 20 yanvar kuni AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining sobiq rahbari Mark Milli, mamlakatning sobiq boş infeksionisti Entoni Fauçi, 2020 yil yanvarda Kapitoliyga uyuştirilgan hujumni tergov qilgan Vakillar palatasi qömitasi a’zolari va xodimlarini afv etdi.

Qayd etilişiça, bu bilan Bayden AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp administratsiyasi tomonidan uşbu şaxslarning «siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinişi»ga qarşi turmoqçi.

«Odamlar hatto heç qanday yomon iş qilmagan va aslida töğri yöl tutgan bölsa-da, oxir-oqibat oqlanayotganiga qaramay, tergov yoki sud ta’qibi faktining özi ularning obrösi va moliyaviy ahvoliga mislsiz zarar yetkazişi mumkin», — degan Bayden.

Jo Bayden hali tergov boşlanmagan şaxslarni afv etişni rejalaştirgani haqida Associated Prses manbalari xabar bergandi. Agentlikning yozişiça, Donald Trampga qarşi çiqqanlarga jinoiy iş oçiş bilan tahdid qilgan bölajak administratsiyadan «qörquvga tuşgan ayrim sobiq amaldorlar Oq uyga murojaat qilgan». Xususan, COVID-19 pandemiyasi vaqtida mamlakatdagi vaziyatni muvofiqlaştirişga yordam bergan Entoni Fauçi Donald Trampning soğliqni saqlaş sohasidagi zarur çora-tadbirlar töğrisidagi bayonotini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgani uçun qamalgan qariyb 2,5 ming kişini afv etgandi. Dekabr oxirlarida esa AQŞ prezidenti federal sudlar tomonidan ölimga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillaştirgan edi.