Neft-gaz tarmoği obektlarining valuta ehtiyojini töla qondiriş maqsadida «Özbekneftgaz» AJ birlaşmalari Kökdumaloq va Mingbuloq konlarida geologik qidiruv işlarini olib boriş va uşbu konlarni özlaştiriş mobaynida hamda neftni qayta işlaş zavodi qurilişini nihoyasiga yetkaziş muddatiga qadar mahsulotlarni eksport qilişdan undiriladigan soliq tölovlaridan ozod qilinişini belgilovçi norma bekor qilinmoqda.

Şuningdek, eksport qiluvçilarning avtomobil, havo va temiryöl transportida eksportga taşiş xarajatlarini kompensatsiya qiliş amaliyoti töxtatilmoqda.

EIZda röyxatga olingan xöjalik yurituvçi sub’yektlar çetdan olib kelinadigan uskunalar, şuningdek, EIZ faoliyatining butun davrida mahsulotlarni eksport qiliş maqsadida mahsulot işlab çiqariş uçun xomaşyo, materiallar va butlovçi qismlar uçun bojxona tölovlaridan ozod qilinişini hamda «Angren» EIZ va «Jizzax» EIZ iştirokçilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida çetdan olib kelinadigan xomaşyo, materiallar va butlovçi qismlar uçun bojxona tölovlaridan ozod qilinişini belgilovçi normalar bekor qilinmoqda.