25 yanvar kuni Oliy Majlis Senatning uçinçi yalpi majlisida «Voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonun körib çiqildi.
2024 yil fevraldan içki işlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlari Milliy gvardiya tuzilmasiga ötkazilgan. Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari fevral oyidan hozirgi kunga qadar 44 ming 450 ta holatda «Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik» (MJtK 47-moddasi) huquqbuzarligi aniqlanib, içki işlar organlarining profilaktika inspektorlari orqali ma’muriy jazo çoralari qöllanişini ta’minlagan. Şuningdek, ota-onalar tomonidan farzandlarini maktabga yubormaslik holatlari böyiça 175 mingga yaqin ogohlantiriş xatlari yozilgan.
«Bugungi kunda 1 nafar inspektor-psixologga maktablardagi bola sonidan kelib çiqib 3 tadan 10 tagaça maktab töğri kelmoqda. Ötgan yilda maktablardagi davomat körsatkiçi 50 foiz bölgan bölsa, hozirga kelib bu körsatkiç 90-95 foizni taşkil qilmoqda.
Biroq inspektor-psixologlar tomonidan voyaga yetmagan huquqbuzarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy jazo çoralarini qöllaş uçun tayanç punkti profilaktika inspektorining oldiga olib borib, ma’muriy jazo çoralari qöllanişi – inspektor-psixologlarning iş samaradorligiga salbiy ta’sir körsatib, ortiqça vaqt sarflaşiga ham sabab bölmoqda», — deydi senator Rustam Kalonov.
Şu sababli qonun bilan Milliy gvardiya va IIV vakolatlariga doir Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 248 hamda 248-1 moddalariga özgartiriş kiritilmoqda. Xususan, Milliy gvardiya organlari, şu jumladan uning voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlariga MJtKning 4 moddasi böyiça ma’muriy işlarni köriş vakolati berilmoqda:
- Bolalarni tarbiyalaş va ta’lim beriş borasida majburiyatlarini bajarmaslik (47-modda);
- Jamoat joylarida sigaret çekiş (56-1-modda)
- Jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qiliş (187-modda 1-qismi);
- Voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş (188-modda) nazarda tutilgan ma’muriy işlarni körib çiqiş va jazo qöllaş vakolati berilmoqda.
Şuningdek, bu vakolatlar IIV ning voyaga yetmaganlar böyiça inspektor-psixologlarning vakolatlaridan çiqarib taşlanişi nazarda tutilgan. Senatorlarga köra, qonun Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq keladi hamda budjetdan qöşimça xarajatlar talab qilmaydi.








