Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi boşqaruvçi direktori Aşiş Şoh bilan uçraşuv çoğida Özbekistonda sönggi yillarda hayotning barça jabhalarida amalga oşirilayotgan yangilaniş jarayoni, mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanişning yangi bosqiçiga olib çiqiş böyiça körilayotgan izçil sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar Özbekiston va Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi örtasida samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va zargarlik buyumlarini işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan ham atrofliça fikr almaşdi.

Sonani Industries Pvt. Ltd kompaniyasi raisi Maneş Sonani bilan muloqot doirasida hindistonlik sanoatçilarga Özbekistonda sönggi yillarda xorij işbilarmon doiralari vakillari va sarmoyadorlari faoliyati uçun yaratilgan qulay va jozibador muhit, jumladan, zargarlik sohasini qöllab-quvvatlaş va yanada rivojlantiriş böyiça körilayotgan tizimli çora-tadbirlar haqida sözlab berildi.

Tomonlar "Özbekzargarsanoati" uyuşmasi va Sonani Industries Pvt. Ltd kompaniyasi örtasida hamkorlik munosabatlarini örnatiş istiqbollari bilan boğliq masalalarni batafsil muhokama qildi.