Qozoğiston va Özbekiston «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-ötkaziş punktlarini oçdi, biroq ular çeklovlar bilan işlaydi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasining tuşuntirişiça, Özbekiston tomoni modernizatsiya böyiça quriliş işlarini yakunlaş uçun tez orada «Ğişt-Köprik» nazorat-ötkaziş punktini (Qozoğiston tomonidagi «Jibek yöli» punkti) vaqtinça yopib qöyadi. Şu bois davlatlar jismoniy şaxslarning piyoda ötişi, yengil avtomobillar va avtobuslar ötişi uçun «Qoplonbek» (Qozoğiston tomonidan) va «Navoiy» (Özbekiston tomonidan) nazorat-ötkaziş punktlarini oçişga kelişib oldi.
«Qozoğiston va Özbekiston tomonlari bir vaqtning özida «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-ötkaziş punktlarida modernizatsiya va texnik qayta jihozlaş işlarini amalga oşirdi va bugun uşbu ötkaziş punktlarining texnik oçilişi bölib ötdi. Foydalanişga topşiriş işlari olib borilişi munosabati bilan 27 yanvardan 5 fevralgaça jismoniy şaxslar, yölovçi transport vositalari va avtobuslarning çeklangan miqdori ötkaziladi. 5 fevraldan nazorat-ötkaziş punkti töliq quvvatda işlaydi», deyiladi Davlat daromadlari qömitasi xabarida.
Keyinçalik, tomonlar kelişuviga erişgandan söng, ikkinçi bosqiçda uşbu nazorat-ötkaziş punktlarida yuk avtotransport vositalarining ötişi közda tutiladi.
Qömita qöşimça qilganidek, «Qoplonbek» nazorat-ötkaziş punkti jismoniy şaxslarning ötkaziş qobiliyatini kuniga 20 mingtaga, transport vositalariniki esa 800 tagaça oşirişi kutilmoqda.












