Belarusda keça, 26 yanvar kuni prezident saylovi bölib ötdi. Heç qanday raqobat va siyosiy qarama-qarşilik, muxolifat iştirokisiz ötgan bu saylovda kutilganidek amaldagi rahbar Aleksandr Lukaşenko ğalaba qozondi. Endi u 2030 yilgaça bu lavozimda qoladi.

7-muddatga qayta saylangan Lukaşenko, rasmiy natijalarga köra, saylovçilarning 86,82 foiz ovozini yiğgan. Qolgan nomzodlar esa eng köpi bilan 3 foiz ovoz töplagan. 3,6 foiz saylovçi barça nomzodlarga qarşi ovoz bergan. Davomat – qariyb 86 foiz.

Liberal-demokratik partiya yetakçisi Oleg Gaydukeviç 2,02 foiz, tadbirkor va yagona ayol nomzod Anna Kanopatskaya 1,86 foiz, kommunistik partiyadan Sergey Sirankov 3,21 foiz, “Mehnat va adolat” partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak esa 1,74 foiz ovoz yiğolgan.

Lukaşenko saylovda ovoz berganidan keyin matbuot anjumani ötkazdi va hokimiyatni topşiriş uçun öziga voris izlamayotganini aytdi. Respublikaning kelajakdagi rahbari allaqaçon mavjud kadrlar zaxirasidan şakllantirilganini qöşimça qildi.

Saylov ğarblik kuzatuvçilar iştirokisiz ötkazildi. Bundan taşqari, biror xorijiy davlatda saylov uçastkasi taşkil etilmadi. Ya’ni Belarusning xorijda yaşovçi fuqarolari deyarli ovoz berolmadi, çunki ular ovoz beriş uçun Belarusga kelişi talab etildi. Yevropa Ittifoqi bu saylovni erkin va demokratik deb hisoblamasligini, Minskka qarşi yana sanksiyalar joriy etişini bildirdi.

AQŞ va YeI saylovdan avval öz qaraşini ma’lum qilib bölgan. Belarusda mustaqil matbuot faoliyati taqiqlangan, muxolifat yöq, prezidentga qarşi fikrlilar qamoqda, qamoqxonalarda minglab siyosiy mahbuslar saqlanmoqda, deydi Ğarb vakillari.

Yevroittifoqning boş diplomati Kaya Kallas Lukaşenkoni qonuniyligi yöq, nolegitim prezident deb atadi.

Belarus xalqi oldida tanlov huquqi yöq, bu kun demokratiya va erkinlikni orzu qilganlar uçun aççiq kun, dedi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorski esa saylovçilarning “atigi 87,6 foizi” Lukaşenkoni qöllab-quvvatlaganidan hayratda qolganini aytdi. “Qolganlari-çi, qolganlar qamoqxonalarga siğadimi?” deya kinoya qildi vazir.

70 yoşli Lukaşenko 2020 yildagi saylovdan keyin öz boşqaruviga qarşi ommaviy noroziliklarni kuç bilan bostirgandi. Muxolifat va Ğarb Lukaşenko bu saylovda ovozlarni soxtalaştirganini aytgan. Öşanda qamoqqa olingan minglab siyosiy faollar haliyam qamoqxonada. Ozodlikda yurganlari esa davlatdan taşqarida.

Ğarb jurnalistlari Minsk köçalarida yurib, xalqning haqiqiy fikrini bilişga harakat qilgan. Agence France Presse jurnalistlari Belarus fuqarolari bilan gaplaşarkan, ular qörquv ortidan ham aynan Lukaşenkoni qöllagan degan qarorga keldi. Çunki poytaxt aholisi ism-familiyasini aytişdan boş tortgan, prezidentni tanqid qilişga jur’at qilolmagan. Çekka qişloqlar aholisi esa davlat rahbariga işonişini aytgan.

The Guardian naşri e’lon qilgan maqolada kelişiça, 42 yoşli qişloqda yaşovçi fermer 1 oy sut sotib, zörğa 300 yevro pul topadi, lekin u Lukaşenkodan rozi. 1994 yildan beri prezident ança yaxşi işlar qildi, deydi fermer. Aleksey ismli bu odam uruşni xohlamasligini aytadi. Ya’ni Belarusni Ukrainadagidek uruşdan Lukaşenko asrab qolgan deb öylovçilar ham talaygina.

Yuqorida aytilganidek, saylovda Belarusning xorijdagi fuqarolari ovoz berolmadi. Aniqroği, kim ovoz beriş istagida bölsa, davlatga kelişi söraldi. Kun.uz bu böyiça tuşuntiriş oliş uçun Belarusning Özbekistondagi elçixonasi bilan boğlandi. Diplomatik missiyaning ma’lum qilişiça, bunga çet eldagi diplomatik korpus vakillari soni qisqargani, bundan oldingi saylovlarda boşqa davlatlar hududlarida yetarliça xavfsizlik çoralari körilmagani sabab bölgan. Biz bilan gaplaşgan diplomatning aytişiça, 2020 yilgi saylovda xorijda yaşovçi fuqarolarning 1 foizi ham ovoz berişga çiqmagan.

Bu yilgi xorijda saylov uçastkalarini taşkil etmaslik böyiça qonuniy asos 2023 yilda yozib qöyilgandi. Aslida esa bugun xorijda yaşovçi Belarus fuqarolari prezidentni yoqtirmasligi, unga qarşi kayfiyatda ekani sir emas.

Xalqaro kuzatuvçilar fikriga töxtalsak, albatta, hamma oğzidan bol tomib maqtayapti, çunki faqat şunaqalar çaqirilgan. Davlat naşrlari 2 kundan beri saylovlar öta demokratik ruhda ötayotgani, qolgan gaplar yolğon ekanini yoziş bilan band. Masalan, “Belarus Segodnya” maqolasida kelişiça, 50 davlatdan 500 dan ortiq kuzatuvçi guvohligidagi saylov öta demokratik va kuçli raqobat fonida ötgan. Belarusni erkin saylov ötkazmaslikda ayblaş – quruq tuhmat, deb yozadi naşr.

Xitoydan kelgan kuzatuvçilar ham hammasi ajoyib ötgani, saylov uçastkalaridagi komissiya a’zolari işiga öta mas’uliyat bilan yondaşgani, saylovçilarga barça ma’lumotlarni yetkazgani, erta tongdan ovoz beriş uçastkalari odamga tölaligini ta’kidlagan.

Saylov kunida ötkazilgan matbuot anjumanida BBC jurnalisti Stiv Rozenberg qator savollari bilan Lukaşenkoni noqulay ahvolda qoldirgan, lekin prezident ham jurnalistning oğzini yopgan.

“Köp saylovlarni yoritganman, boş vazirlar, prezidentlar saylov uçastkasida yiğilib, ovoz bergaç jurnalistlarning ba’zi savollariga javob berişardi. Ammo Minskdagi siz bölgan saylov uçastkasidagi vaziyat birinçisi, bunaqasini avval körmaganman. Sizning raqiblaringiz sizni maqtayapti, ular siz taraf”, dedi jurnalist. Lukaşenko esa uning ustidan kulgandek qilib: “Ha, bu sen uçun yangi tajriba” deya javob berdi.

Stiv gapini davom ettirdi: “Asosiy raqiblaringiz yoki qamoqda, yoki surgunda. Qanday qilib bu saylovni demokratik deb ataysiz?”

“Ha, ba’zilari qamoqda, ba’zilari surgunda. Lekin siz şu yerdasiz, – javob qaytardi prezident. – Har kim tanlaş huquqiga ega, bu demokratiya. Kimdir qamoqni tanlaydi, kimdir surgunni. Biz heç qaçon ularni majburlamaganmiz”.

BBC jurnalisti Lukaşenkoning yaqinda aytgan odamlarning oğzini yopmaslik kerakligi haqidagi gapini eslatdi. Prezident esa: “Qamoq katta, qonunni buzganlar kiraveradi. Qamoqxonalar Yevropa yoki Amerikada yöqmi? Har qanday davlatda qonun buzilsa, uning oqibatlarini öşa odam kötarişi kerak”, deya javob bergan.

Eslatib ötamiz, 2020 yildagi saylovdan keyin Belarusni ommaviy namoyişlar qamrab olgan, Lukaşenko esa qölida avtomat kötarib, Rossiya yordamida kuç bilan bostirgandi. Bu lavozimga kelganiga 31 yil bölgan Lukaşenko 2030 yilgaça yana prezident böladigan böldi. Hamkasblari uni ğalabasi bilan tabriklamoqda.

Şohrux Majidov tayyorladi.