Daniya hukumati, Farer orollari va qirollik tarkibiga kiruvçi Grenlandiya Arktika va Şimoliy Atlantikada öz mavjudligini mustahkamlaş uçun 14,6 milliard krona (1,9 milliard yevro) ajratişga kelişib oldi. Bu haqda 27 yanvar, duşanba kuni Daniya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Mablağlar Grenlandiya hududida missiyalarni bajariş uçun vertolyotlar va dronlarni taşişga qodir uçta yangi Arktika kemalariga yönaltiriladi.
Bundan taşqari, uzoq masofalardagi hududni kuzatiş uçun kengaytirilgan tasvirlaş imkoniyatlariga ega ikkita qöşimça uzoq masofaga uçuvçi uçuvçisiz uçiş apparati sotib olinadi.
Asosiy e’tibor sun’iy yöldoş imkoniyatlari va yerdan kuzatuv uskunalarini kengaytiriş orqali razvedka ma’lumotlari sifatini oşirişga qaratiladi.
Mablağlarning bir qismi aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlaşga yönaltiriladi. Arktika mintaqasida jilovlaş va mudofaani kuçaytiriş uçun 2025 yil oxirida yana bir kelişuv imzolanişi kutilmoqda.
FT Trampning Daniya boş vaziri bilan agressiv suhbati haqida ma’lum qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan hafta Daniya boş vaziri Mette Frederiksen bilan telefon suhbatida Grenlandiyani qölga kiritiş niyati jiddiyligini ta’kidladi, deb yozadi Financial Times 24 yanvar kuni. Şu bilan birga, Tramp suhbatni baland ovozda olib bordi, deya qöşimça qiladi naşr Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiylariga tayanib.
Qayd etilişiça, Tramp va Frederiksen örtasidagi suhbat 45 daqiqa davom etgan. Oq uy bu borada heç qanday rasmiy izoh bermadi. Öz navbatida, Daniya boş vaziri AQŞ prezidentiga Skandinaviya qirolligining avtonom hududi bölgan orol AQŞning «katta manfaatdorligi»ga qaramay, «sotilmasligini» tuşuntirganini aytdi.
«Yevropa Ittifoqining amaldagi va sobiq beş nafar yuqori martabali mulozimlari suhbat juda yomon ötganini aytişdi», — deyiladi FT xabarida. Qayd etilişiça, AQŞ prezidenti Frederiksenning Daniya va AQŞ örtasidagi harbiy bazalar va foydali qazilmalarni özlaştiriş böyiça hamkorligini mustahkamlaş böyiça takliflariga qaramay, özini agressiv tutgan va qarama-qarşi kayfiyatda bölgan.












