Singapur ötgan asrning 50-yillarida Afrikadagi qaşşoq davlatlar qatorida e’tirof etilardi. Ammo mamlakat bir qança omillardan unumli foydalaniş evaziga qisqa vaqt içida dunyoning eng yirik moliya va savdo markazlaridan biriga aylandi. Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bu gal Singapur möjizasi me’mori, liberal statusiga ega diktator Li Kuan Yuning hayot yöli bilan taniştiradi.
Ötgan asrning 50-yillari örtalaridan boşlab, britaniyaliklar öz mustamlakasi bölgan Singapur boşqaruvidan asta-sekin çekina boşlagan. Qayta şakllanadigan mahalliy hukumatga öta zaif qonunçilik bazasi, savodsiz aholi, past maoşlar, noşaffof iqtisodiyot va har yerda hozir-u nozir korrupsiya meros bölib qoladi. Odamlar umidsiz, çuqur qayğuga botgan, kelajak haqida ijobiy kutilmalari ham yöq edi. Ammo mamlakat bir qança omillardan unumli foydalaniş evaziga favqulodda jadal ösiş sur’atlariga erişdi.
Xöş, qanday qilib tabiiy resurslari yöq, Osiyoning eng qaşşoq davlatlaridan biri qisqa muddat içida mintaqadagi eng yirik moliya va savdo markazlaridan biriga aylandi? Bularning barçasi qiyin kunlarda hukumat tepasiga kelgan jamoaning olib borgan töğri va qat’iyatli siyosati bilan bevosita boğliq edi. Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bu gal Singapur möjizasi me’mori Li Kuan Yuning hayot yöli bilan taniştiradi.
Şarq madaniyati va Ğarb ta’limi uyğunlaşuvi
Li Kuan Yu 1923 yil Singapurda, xitoylik muhojirlar oilasida tuğilgan. Öşa yillarda mamlakat Britaniya mustamlakasi edi. Bölajak siyosatçining ona-onasi ingliz madaniyatiga juda qiziqar, şu sababli yoşligidan öğlining bu tilni örganişiga jiddiy e’tibor qarata boşlaydi. Hattoki, unga Harri Li degan inglizça ism ham qöyişgan.

Dastlab Li mustamlakaçi amaldorlarning farzandlari bilan birga ingliz maktabida öqiy boşlaydi, ammo II Jahon uruşida Singapurni Yaponiya bosib olgani sababli ta’limini öqişini töxtatişga majbur böladi. Bölajak boş vazirning e’tirof etişiça, u ingliz tilini öz ona tili – xitoy tilidan ham yaxşiroq bilgan. Şu sabab yaponlar hukumatining taşviqot bölimiga işga kiradi. Bir neça oy içida yapon tilini ham noldan özlaştirib oladi.
Uruşdan keyin Li Britaniyada, avval London iqtisodiyot maktabida, keyin esa Kembrijda tahsil oladi. Universitetni iqtisodiyot va huquqşunoslik böyiça ikkita imtiyozli diplom bilan tugatadi.

Siyosiy kareraning boşlanişi
Li Kuan Yu universitetni tamomlab, vataniga qaytgaç, huquqşunos bölib işlay boşlaydi. Uruşdan keyin Singapurda tanazzul hukm surardi: mamlakatda işsizlik yuqori, infratuzilma vayron, kunda-kunora iş taşlaşlar bölişi odatiy hol edi. Mustamlakaçilikka qarşi kayfiyatning kuçayib borayotgani fonida huquqşunos Li 1954 yilda demokratik sotsializm tamoyillarini ilgari suruvçi Xalq harakati partiyasini tuzadi. Oradan 5 yil ötib, 1959 yilda partiya saylovlarda ğalaba qozonib, parlamentdagi köpçilik örinlarni qölga kiritadi. Bu paytga kelib, Singapur de-fakto mustaqillikka erişgan, Britaniya imperiyasi tarkibida özini özi boşqaradigan davlatga aylangandi. Şu tariqa, Li Kuan Yu 35 yoşida boş vazir lavozimiga keladi va uning 31 yillik hukmronligi boşlanadi.

1963 yilda Li Singapurni Malayziya bilan birlaştiriş töğrisida şartnoma imzolaydi, biroq ittifoq uzoq davom etmadi. Mafkuraviy qarama-qarşiliklar va etnik guruhlar örtasidagi bir qator şiddatli töqnaşuvlar Singapurning federatsiya tarkibidan çiqişi va töliq mustaqillik e’lon qilişi bilan tugaydi.
Korrupsiyaga qarşi kuraş
Mustaqillikka erişgan Singapurda amaldorlarning aksariyati korrupsiyaga ruju qöygan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişga qodir emasdi.
Şu boisdan ham Li Kuan Yu jamoasi işni korrupsiyani yöq qiliş va aholining davlatga bölgan işonçini oşirişdan boşlaydi.

“Agar biz boşqarayotgan davlat hokimiyati köpçilikning hayotini yaxşilaş emas, kamçilikning çöntagini qappaytiriş payida bölsa, ahvolimiz çatoq böladi”, degandi u.
1960 yilda qabul qilingan qonun bilan korrupsiyaga qarşi kuraşiş strategiyasi tasdiqlanadi, Korrupsiyani tergov qiliş byurosiga (KTB) esa maxsus vakolatlar berilib, taşkilot töğridan töğri boş vazirga hisob beradigan tuzilmaga aylantiriladi.

Parallel ravişda barça amaldorlar va ularning oila a’zolari daxlsizlikdan mosuvo etildi. KTB agentlari nafaqat amaldorlar, şuningdek, ularning bolalari, turmuş örtoqlari, qarindoşlari va hattoki döstlariga tegişli bank hisobraqamlari va mol-mulklarni tekşiriş huquqiga ega bölişdi. Agar amaldor va uning oilasi topadigan pulidan köproq xarajat qilayotgani aniqlansa, byuro avtomatik ravişda tepadan buyruq kutmasdan tergovni boşlardi.
Kiçik miqyosdagi korrupsiya bilan kuraşda esa qaror qabul qiliş jarayonlarining soddalaştirilişi, qator faoliyat turlari uçun ruxsatnoma oliş talabining bekor qilinişi kabi çoralarga tayanildi. Bir vaqtning özida korrupsiya harakatlari uçun jinoiy jazo kuçaytirildi, sud tizimi mustaqilligi ta’minlandi, sudyalarning maoşlari keskin oşirildi. Pora berganlik yoki korrupsiyaga qarşi tergovda iştirok etişdan böyin tovlaganlik uçun sezilarli iqtisodiy jazo joriy etildi. 1989 yilda korrupsion xatti-harakat uçun maksimal jarima miqdori 10 mingdan 100 ming Singapur dollarigaça kötariladi. KTBga yolğon guvohlik beriş yoki tergovni çalğitiş qamoq jazosi va 10 ming dollar jarima bilan jazolanadigan böldi.
Oyliklarning oşirilişi esa davlat sektoriga eng yaxşi mutaxassislar kelişiga zamin yaratdi. Mamlakatda şiddatli iqtisodiy ösiş kuzatila boşlanganida, amaldorlarning maoşlari xususiy sektor daromadlariga mutanosib ravişda ösa boşladi. Keyinçalik Li Kuan Yu oylik tölaş tizimini yangilaydi. Unga köra, vazirlar, sudyalar va oliy martabali davlat xizmatçilarining maoşlari xususiy sektor tomonidan tölanayotgan soliqlarning miqdoriga boğlab qöyildi.
Singapur yetakçisining “korrupsiya ustidan ğalaba qozonişni istagan inson öz qarindoşlari va yaqin döstlarini ham qamaşga tayyor bölişi kerak” degan maşhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraş ayovsiz bölganidan dalolat beradi. Xususan, şaxsan Li Kuan Yu va uning oila a’zolari ham KTB tomonidan bir neça bor tekşirilgan. Tekşiruvlarda boş vazirning korrupsiyaga aloqadorligi aniqlanmagan. Şunday bölsa-da, uning eng yaqin döstlaridan biri, atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri lavozimida işlagan Vi Tun Bun uy-joy qurayotgan pudratçi taşkilotdan pora olganlikda ayblanib, qamaladi.
“Oldimda ikkita yöl bor edi. Birinçisi: öğirlaş va döstlarim hamda qarindoşlarimni “Forbs” reytinglariga kiritiş, şu bilan birga xalqimni oç-yalanğoç holda qoldiriş. Ikkinçi yöl: xalqimga xizmat qiliş va yurtimni eng yaxşi mamlakatlar öntaligiga olib kiriş. Men ikkinçi yölni tanladim”, – degandi Li Kuan Yu öz intervyularidan birida.
Ma’lumot örnida, Transparency International tomonidan 2023 yil uçun e’lon qilingan reytingda Singapur korrupsiyani qabul qiliş eng past körsatkiçli mamlakatlardan biri sifatida dunyo miqyosida 5-poğonada qayd etilgan.
Pragmatik siyosatçi
Li Kuan Yu öta pragmatik siyosatçi edi. U mamlakatni rivojlantirişi mumkin bölgan istalgan tomon bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildiradi. Şu jihatdan rivojlanayotgan mamlakatlarning köplab rahbarlari qörqqan transmilliy korporatsiyalarga qaramlikdan qörqmadi. Çunki şahar-davlat bölmiş Singapurda talon-toroj qilinadigan tabiiy resurslar va sanoatning özi yöq edi.
Mitti va qaşşoq davlatga xorijdan pul jalb qiliş uçun investorlarga qator imtiyozlar berildi. Dastlabki bosqiçda çet elliklar uçun mulkka töliq egalik qiliş hamda topilgan foydani töliq olib ketiş uçun imkoniyatlar yaratiladi. Biznes sohasida qonunçilik soddalaştirildi, qonunlar qabul qilişda manfaatdor tomonlarning fikrlarini örganiş yölga qöyildi. Natijada köpgina xalqaro transmilliy kompaniyalar Singapurda keng kölamli yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqariş uçun poydevor qurdi.

Zamonaviy portlar, aeroportlar va transport tarmoqlari barpo etilişi ortidan Singapur Janubiy-Şarqiy Osiyoning savdo markaziga aylanadi. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim omillaridan yana biri sifatida qulay geografik hududda joylaşganini ham körsatiş mumkin. Malakka böğozi ostonasida joylaşgan bu hududdan jahon dengiz savdo-sotiğining 40 foizi kesib ötadi.
Li Kuan Yu hukumat tepasiga kelganda aholi jon boşiga töğri keladigan daromad 428 dollarni taşkil etgan bölsa, 1990 yilga kelib bu körsatkiç qariyb 28 barobarga oşib, 12 900 dollargaça kötariladi.
Ijtimoiy islohotlar
Köpçilik Malayziya tarkibidan ajralib çiqqan mitti mamlakat tez orada demografik tanglikka duç kelişini prognoz qilgandi. Çunki Singapur aholisining asosini xitoyliklar va malayziyaliklar taşkil etadi. Şuningdek, mamlakatda katta miqdorda hind diasporasi ham bor edi. Mutaxassislar 3 ta katta sivilizatsiya vakillaridan tarkib topgan mamlakat tez orada etnik nizolar öçoğiga aylanib qolişini taxmin qilişadi. Hukumat esa turli millat vakillari tinç-totuv yaşaşi uçun çoralar kördi. Totuvlikka hissa qöşganlar uçun ba’zi imtiyozlar belgilandi. Masalan, malayyalik va xitoylik turmuş qursa, ularga kollej ta’limi kafolatlanadi. Bundan taşqari, bu oilalarga hukumat tomonidan ma’lum miqdorda yordam ham beriladigan böldi, ya’ni turli millatga mansub singapurliklarni bir-biri bilan aralaştiriş böyiça dasturlar işlab çiqildi.
Boşlanğiç iqtisodiy rejada kam daromadli odamlarga qöşimça iş örinlarini yaratiş orqali işsizlik muammosini hal qilişga e’tibor berildi. Kambağallar uçun uy-joy quriş loyihasi qabul qilindi.
1966 yildan ikki tilli maktablar joriy etildi: ya’ni bolalar öz ona tili bilan birga, ingliz tilida ham ta’lim ola boşladi. Keyinçalik esa bu tizim kengayib, tört tilli maktablar ham paydo böldi.
Ta’lim sohasidagi ekspertlarning fikriça, Singapur iqtisodiy taraqqiyot va turmuş darajasini yuksaltirişni ta’lim bilan bevosita boğlagan. Buning uçun katta mablağ sarflanadi. Ayniqsa, eng yaxşi öqituvçilarni jalb etiş va ularning nufuzini oşirişga avvalboşidanoq alohida e’tibor qaratilgan. Hozir ham Singapurda öqituvçilarni jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvçilari orasidan yollaş an’anasi saqlab qolingan.
Li Kuan Yuni “iqtidorlarning rahnamosi” deyişardi. U iqtidorli fuqarolarni mas’uliyatli lavozimlarga qöyiş va ularga yaxşi maoş tayinlaşga ikkilanmagan. Şu bilan birga, mansabni suiiste’mol qilganlik uçun jazo qattiq va muqarrar qilib qöyilgan.
“Manipulyativ diktator”
Li va uning partiyasi ketma-ket yetti marta saylovlarda ğalaba qozonib, 1959 yildan 1990 yilgaça – 31 yil mamlakatni boşqardi. Iste’foga çiqqanidan keyin ham u öz vorisi Go Çok Tong hukumatida katta vazir lavozimini egallab, mamlakatning taşqi va içki siyosatida iştirok etişda davom etdi. Norasmiy tarzda Singapur xalqining otasi sifatida e’tirof etiladigan Li Kuan Yu 2015 yilda, 92 yoşida vafot etdi.
Li davridagi Singapurning siyosiy rejimi "yumşoq avtoritarizm" deb ham ta’riflanadi. Bu atama birinçi marta maşhur olim Frensis Fukuyama tomonidan işlatilgan. Çunki mamlakatda de-fakto bir partiyaviy tizim örnatiladi. Jiddiy taşqi tahdidlar bölmasa-da, “Içki xavfsizlik töğrisida”gi qonunni qöllaş davom ettiriladi. Bu qonun gumondorni çeksiz muddat davomida hibsga olişga ruxsat berardi.
Sergey Guriyev va Daniyel Treysman qalamiga mansub “Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning özgaruvçan qiyofasi” asarida Li Kuan Yu zamonaviy diktaturaning kaşşofi deya ta’riflanadi. Mualliflar 1956 yilda Singapurda ötkazilgan hukumatga qarşi talabalar namoyişiga e’tibor qaratadi. Öşanda hukumat namoyişni kuç bilan bostirib, unda iştirok etganlarga nisbatan repressiya uyuştiradi. Aynan şu voqeadan keyin yoş Li haqiqiy jangda ğalaba qozoniş uçun odamlarning qalbi va ongini nazorat qiliş kerak, degan xulosaga keladi. Siyosiy faoliyati davomida ham oçiq repressiyalarsiz, jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlanişga erişiş va muxolifatni çetga surib qöyiş tamoyiliga amal qiladi.
Şunday bölsa-da, muxolifatni boşqaça körinişda ta’qib qiliş davom ettiriladi. Birinçi navbatda, dissidentlar siyosiy bölmagan jinoyatlar uçun hibsga olinadi. Mualliflarning ta’kidlaşiça, miş-mişlarga asoslangan jinsiy huquqbuzarliklar bilan boğliq ayblovlardan keng foydalanilgan. Çunki bu holat taşqaridan qaraganda siyosiy ma’no kasb etmasdi. Siyosatga qarşi mahbus ozod etilişi bilanoq, unga nisbatan yangi ayblov soxtalaştiriladi. Yangi ayblov, masalan, soliq firibgarligi bilan boğliq böladi.
Muxolifatni jarimalar bilan bankrot qiliş yana bir samarali vositalardan biri bölgan. Jinoiy iş oçilmaydi, ammo fuqarolik va ma’muriy tartib-qoidalar, takroriy jarimalar bilan erkin ommaviy axborot vositalari va muxolifat partiyalarining budjetiga qattiq zarbalar beriladi. Bir neçta xususiy OAV şu tarzda yopilib ketadi.
Şuningdek, muxolifatni tiş-tirnoğigaça qurollangan maxsus politsiya kuçlariga qarşi kuç işlatişda ayblaş ham yaxşi yeçimlardan biri sifatida işlatilgani ham keltirilgan. Umuman olganda, asarda Li Kuan Yuga nisbatan qörquvning örniga manipulyatsiyani “moda”ga aylantirgan diktator ta’rifi köp işlatiladi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Li Kuan Yu boşqaruvi davrida qaşşoq Singapur jahonning beqiyos qazilma boyliklariga ega köplab mamlakatlarni bir qança sohalarda ortda qoldirdi. Öz fuqarolari uçun farovon hayot taqdim qildi. Halollik prinsiplari asosida yuqori salohiyatli odamlar davlat idoralariga rahbar bölişdi va keng kölamli işbilarmonlik muhiti yaratildi. Şu sababdan ham Li Kuan Yuning diktatorlik sifatidan köra köproq iqtisodiy taraqqiyotda erişgan yutuqlari e’tirof etiladi.
Doston Ahrorov tayyorladi












