Polşa prezidenti Anjyey Dudaning aytişiça, Moskva va Kiyev tinçlik kelişuviga erişgan taqdirda ham Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berişni tiklab bölmaydi. Uning sözlariga köra, 2022 yildan beri foydalanilmayotgan «Şimoliy oqim» gaz quvurlari «demontaj qilinişi kerak».
«Umid qilamanki, Yevropa yetakçilari bundan saboq oladi... va bu quvurlar orqali gaz oqimini heç qaçon qayta boşlamaslikka qaror qiladi. «Şimoliy oqim» demontaj qilinişi kerak. Bu Ukraina, Polşa, Slovakiya va boşqa Markaziy Yevropa mamlakatlari uçun juda katta xavf tuğdiradi», dedi Anjyey Duda BBC bilan suhbatda.
Polşa prezidenti qöşimça qilganidek, «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berilişi ham energiya, ham iqtisodiy xavf tuğdiradi. Uning fikriça, ular «iqtisodiy ma’noda Rossiyaning Yevropa ustidan hukmronligi» degan ma’noni anglatadi.
Yanvar oyi boşida öta öng qanot AfD partiyasidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Germaniya saylovlarida ğalaba qozonsa, «Şimoliy oqim» faoliyatini qayta boşlaşini ma’lum qilgan edi.
Rossiyadan Germaniyaga olib boruvçi Boltiq dengizidagi «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarining tört tarmoğidan uçtasi 2022 yil sentabr oyi oxirida portlatildi. Şu paytda ularning heç birida gaz taşilmagan.
2024 yil sentabrida Germaniyada «Şimoliy oqim 1» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlarini portlatiş bilan boğliq iş böyiça hibsga oliş uçun bir qança order çiqarildi. Diversiyada Ukraina suvga şönğiş markazi Dive Team va Amerika şönğiş böyiça instruktorlar assotsiatsiyasi (PADI) xodimi Vladimir Juravlyov gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, Juravlyov va uning şeriklari 2022 yil sentabr oyida Bavaria Cruiser 50 Andromeda yelkanli yaxtasida Rostok portidan çiqib ketişgan. Keyinçalik ular Boltiq dengizi tubidagi quvurlarga portlovçi moddalar örnatgani taxmin qilinmoqda. Bu işda undan taşqari yana beş kişi (tört erkak va bir ayol) iştirok etgan.
Kiyev Ukrainaning sabotajga aloqadorligini rad etadi.












