Çegaralarda işga tuşuvçi yangi servis, turkiy davlatlarning qöşma sun’iy yöldoşi, «Yaşil tadbirkor» unvoni va Yevropaga Rossiyani çetlab ötayotgan parvozlar — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Çegaralarda işga tuşiriladigan yangi tizim va servis
2025 yil 1 iyundan boşlab, Özbekiston çegara ötkaziş punktlarida avtotransport vositalari uçun elektron navbat tizimi joriy etiladi. Bu çora çegaralardagi navbatlarni qisqartiriş va yuk taşiş jarayonini samaraliroq qilişga qaratilgan.
Şuningdek, yölböyi servis (Service area va Service point) obektlari taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bu hududlarda haydovçilar va yölovçilar uçun qulaylik yaratiladi.
Prezident qarori bilan 2030 yilgaça transport-logistika tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi. Asosiy maqsadlardan biri – xalqaro yuk taşiş hajmini ikki baravarga oşiriş va Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida Özbekistonning örnini yaxşilaşdir.
Şuningdek, xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça mintaqaviy öquv markazi oçiladi.
Turkiy davlatlarning qöşma sun’iy yöldoşi
Özbekiston Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar bilan birgalikda 2026 yilda sun’iy yöldoş uçirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Özbekkosmos» agentligi ma’lum qildi.
Loyiha doirasida Özbekiston sun’iy yöldoşning texnologik qismini işlab çiqişda faol iştirok etmoqda. Ilmiy maqsadlarga möljallangan sun’iy yöldoş 2026 yilning örtalarida işga tuşirilişi kutilmoqda.
Şuningdek, Özbekistonda sun’iy yöldoş ma’lumotlarini qayta işlaş bozori şakllanib, 1 million kvadrat kilometrgaça maydonni qamrab olmoqda. Bu kosmik monitoring infratuzilmasini rivojlantirişdagi muhim qadamdir.
Qolaversa, «Özbekkosmos» Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan hamkorlikda 2025 yilda mahalliy jamoalarning sun’iy yöldoş yaratiş böyiça işini boşlaşni rejalaştirgan.
«Yaşil tadbirkor» maqomi joriy etilmoqda
2025 yilda «yaşil iqtisodiyot»ni rivojlantiriş maqsadida ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş çoralari kuçaytiriladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvarda bu boradagi davlat dasturi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yangi qoidalarga köra, daraxt ekiş va işlab çiqarişda ekologik toza uskunalardan foydalanganlarga «yaşil tadbirkor» maqomi beriladi. Uşbu maqom sohibi bölgan tadbirkorlarga taşqi bozorlarga çiqişda yordam körsatiladi va «yaşil sertifikat» taqdim etiladi.
Bu yil 3,5 GW quyoş va şamol stansiyalari işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, maktablar, boğçalar va şifoxonalarda issiqlik nasoslari joriy qilinişi ommalaştiriladi. Daraxt ekiş loyihalari ham davom ettirilib, har yili 200 million tup daraxt ekilişi möljallangan.
Energiya tejamkor texnologiyalar joriy qilinib, yalpi içki mahsulotni 125 mlrd dollarga oşiriş va iqtisodiy ösişni ta’minlaş rejalaştirilgan.
Özbekiston sayohat uçun eng yaxşi manzillardan biri
Britaniyaning BBC global media-portali 2025 yilda sayohat qiliş uçun eng yaxşi 25 ta manzillar röyxatiga Özbekistonni kiritdi. Röyxatda, şuningdek, AQŞ, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya va Marokaş kabi davlatlar ham bor.
BBC ma’lumotiga köra, Özbekiston özining noyob an’analarini saqlagan holda, turizmni rivojlantiriş uçun jiddiy qadamlar taşlamoqda. Mamlakatda yangi mehmonxonalar, zamonaviy temiryöllar va havo yönalişlariga sarmoya kiritilayotgani ta’kidlangan. Bu esa sayyohlar oqimini yanada oşirişga yordam bermoqda.
Röyxatda Özbekistonda ötkaziladigan xalqaro Buxoro biyennalesiga alohida urğu berilgan. 2025 yil 5 sentabrdan 20 noyabrgaça ötkaziladigan mazkur tadbir sayyohlar uçun muhim madaniy voqea bölişi kutilmoqda.
Yevropaga Rossiya va Belarusni çetlab parvoz
2025 yil 20 yanvardan Uzbekistan Airways Yevropa davlatlariga parvozlarda Rossiya va Belarus havo hududlarini aylanib ötişni boşladi. Aviakompaniya bu qarorni «Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tavsiyasi» va «ehtiyot çorasi» deb atadi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, parvozlar endilikda janubroqdan – Turkmaniston, Ozarboyjon, Gurjiston va Turkiya orqali amalga oşiriladi. Masalan, Toşkent-Myunxen yönalişi masofasi 4849 kmdan 5156 kmgaça oşgan, bu esa reysni 30-40 daqiqaga uzaytiradi. Şunga qaramay, yölovçilar uçun bilet tariflari oşirilmagan.
Kompaniya bu qarorning Azerbaijan Airlines samolyotining dekabr oyida Qozoğiston yaqinidagi aviahalokati bilan boğliq emasligini ta’kidladi.
Mazkur özgariş aviakompaniya uçun qöşimça xarajatlarga sabab bölsa-da, yölovçilar uçun xavfsizlikni ta’minlaş va xalqaro aviatsiya tavsiyasiga rioya qilişga qaratilgan.











