Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Samarqand merosi yuzasidan Özbekiston bilan kelib çiqqan diplomatik bahsga munosabat bildirdi. 26-oktabr kuni Tehronda ötkazilgan brifingda jurnalistlardan biri AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Özbekistonga safari çoğidagi suratlariga Eronning ayrim elçixonalari kinoyali postlar bilan munosabat bildirganini eslatdi.

Savol beruvçi bu holat Özbekistonning ayrim rasmiylarini ranjitgani aytilayotganini qayd etib, bu voqealar ikki davlat munosabatlariga taʼsir qilişi mumkinmi, deb söradi.

Ismoil Baqoiy javobini «Bir baytni keltirişga ijozat bering» degan sözlar bilan boşladi va Rudakiyning Buxoroga bağişlangan maşhur şeʼridan parça keltirdi:

«Muliyon ariğining isi kelmoqda,

Mehribon yorning yodi kelmoqda.

Ey Buxoro, şod böl, uzoq yaşa,

Amir sen tomon şodumon kelmoqda».

Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakilining javobini öz Telegram-kanalida eʼlon qilgan:

«Eron va Özbekiston örtasidagi rişta va boğliqlik bugungi yoki keçagi gap emas. Samarqand va Buxoro, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Hindiston yarimorolidagi boşqa köplab qadimiy joylar va şaharlar singari, Eronning boşqa xalqlar bilan umumiy tamaddun va madaniy merosining bir qismidir. Biz bu umumiy meros bilan faxrlanamiz. Bu umumiy merosni qöşni davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlaş uçun zamin qilişimiz kerak.

Yuz bergan voqeada ayrim elçixonalardagi döstlarimizning murojaati Amerika tomoniga qaratilgandi. Ular amerikaliklarning Eron tamadduni, madaniyati va tarixiga nisbatan keskin gaplari va qöpol munosabati amalda qançalik notöğri va beöxşov ekanini eslatib ötmoqçi bölgan. Umumiy eroniy-islomiy merosni mintaqaning har bir burçagida köriş mumkin.