Eron poytaxti Tehronda havo ifloslanişi darajasi ortib ketgani bois maktablarda darslar bekor qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Tehron meriyasining ma’lum qilişiça, Damovand va Firuzkuh tumanlaridagi universitetdan boşqa barça ta’lim muassasalari yopiladi.

Ta’kidlanişiça, darslar onlayn tarzda ötiladi.

Tehron havo sifatni ölçaş kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 1 fevral kuni Eron poytaxtida havoning ifloslaniş darajasi bir metr kubga 150 migrogrammni taşkil etgan. Bu şaharning barça aholisi uçun «zararli» tasnifdagi havo hisoblanadi.

Şuningdek, qöşni Elburz viloyatida ham maktablar yopilgan. «Qişda Tehronda havoning ifloslanişi jiddiy maummo aylanmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, bunga havoning aylanişi uçun şaroit yöqligi, aholining ziçligi va transport vositalari hamda sanoatda foydalanilayotgan yonilği sifatining pastligi sabab bölmoqda.