Andijonda şahvoniy şilqimlik qilgan erkak işini prokuratura örganmoqda, muddatli harbiy xizmatga çaqiruv e’lon qilindi, işlab çiqarilişi qisqargan gaz va neft — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

13 yoşli qizga şahvoniy taklif bergan er-xotin

Andijon viloyati prokuraturasi Asaka tumanida 13 yoşli qizning qöşnisi tomonidan şahvoniy şilqimlikka uçragani böyiça ma’muriy qarorni qayta örganmoqda.

Kun.uz xabariga köra, avvalroq IIB 13 yoşli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qilgan er-xotinga jinoyat işi qözğatişni rad etgan va ma’muriy iş doirasida sud erga – 5 sutka ma’muriy qamoq, xotiniga – 750 ming söm jarima tayinlagan.

Viloyat sudi ham dastlabki qarorni öz kuçida qoldirgan, biroq jamoatçilik va OAV e’tibori ortidan Boş prokuratura işni nazoratga oldi.

Sud hujjatlariga köra, 38 yoşli qöşni erkak voyaga yetmagan qizga şunçaki şahvoniy şilqimlik qilmagan, qizning voyaga yetmaganini bila turib, 100 ming söm evaziga qizni jinsiy ehtiyojini qondirişga majbur qilişga uringan, xotini esa bu harakatni qöllab-quvvatlagan. Qiz bu vaziyatdan qörqib, uydan qoçib çiqqan. Sud jarayonida er-xotin aybini tan olgan.

Hozirda prokuratura sud hujjatlarini qayta örganmoqda.

Armiya zamonaviy qurol-yaroğ bilan ta’minlanadi

Keça prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Prezident armiyaning jangovar salohiyatini oşiriş, şaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlaş va mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantiriş işini davom ettiriş zarurligini ta’kidladi.

Şuningdek, jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini kuçaytiriş, harbiy mutaxassislarni tayyorlaş va muhandis-texnik tarkibni professional öqitiş tizimini takomillaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Yiğiliş yakunida prezident Qurolli Kuçlarni yanada rivojlantiriş va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça topşiriqlar berdi.

Harbiy sohaga oid yana bir xabar: prezident qaroriga muvofiq 2025 yil mart-aprel oylarida Özbekiston fuqarolari muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi. Çaqiriliş muddatini keçiktiriş yoki undan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan yoşlar armiya safiga jalb etiladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, şu jumladan, çeklovlar bilan yaroqli bölgan, ammo uşbu çaqiruv davrida armiyaga jalb etilmaydigan şaxslar safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilinadi.

5,2 mln aholi bandligi ta’minlanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötgan, aholi bandligini ta’minlaş va investitsiya jalb qiliş masalalariga bağişlangan yiğilişda 5,2 mln aholini iş bilan ta’minlaş, 1,5 mln kişini kambağallikdan çiqariş, 42 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş va eksportni 30 mlrd dollardan oşiriş rejasi muhokama qilindi.

Yanvar oyida 277 ming kişi işli bölgan, şundan 91 ming nafari doimiy işga joylaşgan, 153 ming kişi tadbirkorlikka jalb qilingan.

Kambağallikni qisqartiriş uçun 32 ta yönalişda yangi yondaşuvlar joriy etilmoqda.

Bu yil 14 mlrd dollarlik 8 mingta loyiha amalga oşirilişi va 272 mingta doimiy iş örni yaratilişi rejalaştirilgan. Yanvar oyida Özbekistonga 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kirib keldi, fevralda ham şunça sarmoya jalb qilinişi kutilmoqda.

Gaz va neft işlab çiqariş kamaydi

2024 yilda Özbekistonda gaz qazib oliş 4,5 foizga, neft 8,5 foizga, benzin işlab çiqariş 3,8 foizga qisqardi. Şu bilan birga kömir qazib oliş 26,2 foizga, elektr energiyasi işlab çiqariş 4,6 foizga oşgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda gaz qazib oliş hajmi 44,59 mlrd kub metrni taşkil etgan, bu 2023 yilga nisbatan 2,1 mlrd kub metrga kam. Oxirgi yetti yilda gaz qazib oliş qariyb 28 foizga, ya’ni 17 mlrd kub metrga pasaygan.

Neft qazib oliş 779 ming tonnadan 713 ming tonnaga tuşgan, dizel yonilğisi işlab çiqariş 1 mln 12 ming tonnadan 949 ming tonnaga kamaygan. Şu bilan birga, gaz kondensati işlab çiqariş 1,198 mln tonnadan 1,214 mln tonnaga oşgan.

Elektr energiyasi işlab çiqariş 81,28 mlrd kWhʼga yetgan. Umumiy hajm oşgan bölsa-da, yirik korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi 8 foizga kamaygan.

Toşkent bozorlarida patta narxlari oşadi

Toşkent şahar hokimligi bozorlarda savdo örinlari uçun bir martalik yiğim va ijara tölovlarini oşirişni rejalaştirmoqda. Yangi tartib loyihasi e’lon qilindi, unga köra ayrim qişloq xöjaligi mahsulotlar savdosi kunlik patta narxlari örtaça 20-30 foizga qimmatlaşadi.

Qaror hali rasman tasdiqlanmagan.

Xalqaro kurerlik jönatmalari uçun yiğim

Hukumat qaroriga köra, Özbekistonda xalqaro kurerlik jönatmalari uçun 1 kilo yuk hisobiga Bazaviy hisoblaş miqdorining 2 foizi (7500 söm) miqdorida yiğim belgilanadi.

Qaror mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida qabul qilingan va bojxona yiğimlarini xalqaro talablarga muvofiqlaştirişni közlaydi.

Eslatib ötamiz, hozir Özbekistonda bir kalendar çorak davomida 1000 dollargaça bölgan kurerlik jönatmalari uçun boj olinmaydigan tartib amal qiladi.