2025 yil yanvar oyi nisbatan iliq keldi, deb xabar berdi «Özgidromet». Bu oy 2023 yil yanvar oyidagi kabi sovuq va 2024 yil yanvar oyidagi kabi iliq bölmadi, bu meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uçligiga kirdi.

Qayd qilinişiça, örtaça oylik havo harorati iqlim me’yoridan 0,5-1 darajaga, şimolda 2-3 darajaga, Ustyurtda 4 darajaga yuqori böldi.

Yanvar oyining birinçi va uçinçi ön kunliklarida respublika hududi böyiça sovuq tölqinlar kuzatildi, bunda harorat me’yordan 2-3 darajaga, 23-24 yanvar kunlarida esa 4-5 darajaga past bölişi qayd etildi. Yanvar oyining ikkinçi ön kunligi iliq böldi, hududning katta qismida me’yordan 1-3 darajaga yuqori bölişi qayd etildi.

Eng sovuq keçalarda havo harorati -3-8 daraja, şimolda -9-14 darajaga pasaydi. Hududning katta qismida eng iliq kunlarda havo +11+16 darajagaça, janubda ba’zi joylarda +17+19 darajagaça isidi.

Bu yil yanvar oyi qiş mavsumining eng sovuq oyi sifatida öz nomini oqlay olmadi. 2024 yil dekabr oyining örtaça oylik harorati 2025 yil yanvar oyiga nisbatan 1-2 daraja past bölib, dekabrdagi sovuqlar esa yanvar oyi sovuqlariga nisbatan kuçliroq bölgan.

Yanvar oyi juda quruq keldi. Respublika hududining katta qismida oy davomida yoğingarçilik me’yordan 50% kam böldi. Xorazm viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasining janubi, Farğona vodiysi va Buxoro, Navoiy viloyatlari hududlarining katta qismi eng qurğoqçil hududlar bölib, ularda oylik yoğingarçilik miqdori me’yordan 20% kam böldi.

Faqat Surxondaryo viloyatida va Qoraqalpoğiston Respublikasining şimoliy hududlarida ba’zi joylarda yoğingarçilik me’yor atrofida va undan köp böldi.

Tekislik hududlarda yoğingarçilik asosan yomğir körinişida yoğdi. Ayrim kunlarda ba’zi joylarda yomğir qorga aylanişi kuzatildi, ammo hududning katta qismida qor qoplami hosil bölmadi. Qisqa muddatga (1-2 kun) balandligi 0,5 sm dan 3 sm gaça bölgan qor qoplami faqat respublikaning markaziy va janubi-şarqiy hududlarining ba’zi joylarida kuzatildi.

Özbekistonning toğli hududlarida oy davomida qor qoplamining köpayişi qayd etildi, biroq toğli hududlarning katta qismida qor örtaça köp yillik va ötgan yilgi qiymatlardan kam böldi.

Oy oxirida toğlarda qor zaxiralari me’yordan 50-70%, Qamçiq dovoni hududida 40% ni taşkil etdi. Faqat Toşkent viloyati Böstonliq tumanining örta toğ hududlarida (Çimyon meteostansiyasi ma’lumotlari böyiça) qor balandligi örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böldi.

Yanvar oyida tez-tez tuman hodisalari kuzatildi, körinuvçanlik esa 50-500 metrgaça yomonlaşdi.