Namangan va Samarqand viloyatlarida noqonuniy ravişda yer maydonlarini sotmoqçi bölgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi department.
Qayd etilişiça, departamentning Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda F.A. ismli şaxs (muqaddam sudlangan) Qöqimboy massividagi beş nafar fuqaroga ajratilgan jami 40 sotix yer maydonini uşbu fuqarolarning xabardorligisiz göyoki kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali çorvaçilik yönalişi uçun hujjatlarini rasmiylaştirib berişi evaziga fuqaro M.B.dan 61 million söm va 3 300 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Yana bir holat, departamentning Qöşrabot tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda J.Ş. ismli şaxs fuqaro H.T.ning işonçiga kirib, Tinçlik MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydoni göyoki öziniki ekanini va 125 million sömga sotişini aytib, kelişilgan pullardan 100 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqçi bölgan şaxslar uşlangani, Toşkentda davlat zaxirasida bölgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olingani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, Nukusda qalbaki hujjatlar asosida rasmiylaştirilgan 3,6 sotix yerni 170 mln sömga sotişga uringan fuqaro aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan edi.












