Şahvatparast er-xotin işiga protest, xorijga çiqqan pensionerning töxtatiladigan pensiyasi, Özbekistonda kambağallikning yangi çegarasi va quruvçilarni onlayn tekşiriş imkoniyati — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

13 yoşli qizga şilqimlik işi: prokuratura protest kiritdi

Asaka tumanida 13 yoşli qöşni qizga şahvoniy şilqimlik qilgan er-xotin işi sudda qayta köriladi. Boş prokuratura uşbu ma’muriy iş böyiça çiqarilgan sud qarorlariga protest kiritganini ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga köra, erkak va uning turmuş örtoği 2024 yil 9 noyabr kuni voyaga yetmagan qöşni qizni jinsiy aloqaga majburlaşga uringan va pul taklif qilgan. Qiz ulardan qoçib, yordam söragan. Sud bu holatni ma’muriy huquqbuzarlik deb topib, erkakka 5 sutka qamoq, xotiniga esa 750 ming söm jarima jazosi tayinlagandi.

Boş prokuratura işni örganib, qaror qonuniyligiga şubha qilgan va Oliy sudga protest kiritgan. Sud qarori taftiş tartibida qayta körib çiqiladi.

Xorijga çiqqanda pensiya töxtatiladimi?

Pensiya jamğarmasi xorijda uzoq vaqt bölib turgan pensionerlarning pensiya tölovlari haqida tuşuntiriş berdi.

Agar pensioner 3 oydan ortiq muddat Özbekistonda bölmasa, uning pensiyasi vaqtinça töxtatiladi. Uzoq vaqt xorijda bölib, Özbekistonga qaytganidan söng, u 24 oylik tölanmagan pensiyasini oliş huquqiga ega.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, pensiyani oliş uçun fuqaro Özbekistonga qaytganidan söng Pensiya jamğarmasiga murojaat qilişi talab etiladi. Murojaat qilinganidan oldingi 24 oy uçun pensiya tölab beriladi.

Bu tartib «Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizom»ga asoslanadi.

Özbekistonda kambağallik çegarasi yangilandi

Özbekistonda bir kişi uçun bir oylik minimal iste’mol xarajatlari 669 ming söm etib belgilandi. Bu 2024 yilda amal qilgan 648 ming sömdan 3,2 foizga, bir yil oldingi 621 ming sömdan esa 7,7 foizga köp. Biroq rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024 yilgi inflatsiya 9,8 foizni taşkil etgan.

Minimal iste’mol xarajatlari kambağallik çegarasi sifatida qabul qilinadi – daromadi şu summadan past bölgan oilalar rasman kambağal hisoblanadi. Prezident qaroriga köra, Statistika agentligi minimal iste’mol xarajatlari summasini 20 yanvargaça e’lon qilişi kerak edi, biroq bu jarayon ikki haftaga keçikdi.

Bu körsatkiçga boğlangan ijtimoiy tölovlar va nafaqalar qaçon oşirilişi hali aniq emas.

Bandlik vazirligi ma’lumotlariga köra, 2024 yil yakunida kambağallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga tuşgan. 2024 yil davomida Özbekstonda kambağallar soni 719 ming kişiga kamayib, 3,3 mln nafarni taşkil etgan.

Quruvçilarni onlayn tekşiriş imkoniyati

Özbekistonda 2025 yil 1 iyuldan uy-joy qurilişi böyiça elektron platforma işga tuşiriladi. Unda quruvçilar öz loyihalari haqidagi barça zarur ma’lumotlarni joylaştirişi kerak böladi.

Prezident farmoniga köra, «Şaffof quriliş» tizimi doirasida tuziladigan bu platforma orqali uluşdorlar quruvçilarning işonçliligini tekşiriş imkoniga ega böladi. Quruvçilar binoning manzili, qavatlar soni, moliyalaştiruvçi bank va quriliş holati kabi ma’lumotlarni taqdim etişi talab qilinadi.

Elektron tizimga ma’lumot joylaştirmagan quruvçilarning şartnomalari notarial tasdiqlanmaydi va davlat röyxatidan ötkazilmaydi. Bu talablarga rioya qilmagan holda faoliyat yuritgan quruvçilar qonunçilik asosida javobgarlikka tortiladi.

Soğliqni saqlaş vazirligiga yangi vakolatlar

Oliy Majlis deputatlari aholi orasida yod yetişmasligi kasalliklarining oldini oliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasini ikkinçi öqişda ma’qulladi.

Hujjatga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi oş tuzini yodlaş uçun foydalaniladigan preparatlar va sanitariya normalari böyiça talablarni belgilaş, şuningdek, yodlangan mahsulotlar işlab çiqariş, taşiş va sotiş jarayonlarini nazorat qiliş vakolatiga ega bölişi mumkin.

Deputatlarning ta’kidlaşiça, qonun aholini xavfsiz va sifatli yodlangan tuz bilan ta’minlaş, yod yetişmasligi bilan boğliq kasalliklarni kamaytiriş hamda yoş avlodning intellektual salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.

Yanvar oyi uçun «Palov indeksi»

Statistika agentligi 2025 yil yanvar oyidagi «Palov indeksi»ni e’lon qildi. Unga köra, Özbekistonda oşning eng qimmat porsiyasi Toşkent şahrida qayd etilgan — 35 700 söm. Eng arzon oş esa Namangan viloyatida — 23 ming söm.

Örtaça narxlar hududlar kesimida quyidagiça şakllangan:

Toşkent oşxonalaridagi narxlar ötgan yilga nisbatan sezilarli oşib, boşqa hududlar bilan soliştirganda ança yuqori ekani körinmoqda.