Birmingem va Mançester universitetlari ötkazgan yangi tadqiqotdan ma’lum bölişiça, tarkibida qattiq zarraçalar (PM) miqdori yuqori bölgan havodan qisqa vaqt nafas oliş ham odamlarning diqqatini jamlaş va emotsiyalarni tuşuniş qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatadi. Bu esa hatto dökonga boriş kabi kundalik işlarni qiyinlaştirişi mumkin, deb yozmoqda MedicalXpress.
Tajriba iştirokçilari şam tutuniga öxşaş ifloslantiruvçi moddalarning yuqori konsentratsiyasi ta’sirida böldi. Ular ifloslangan havodan nafas olişdan oldin va nafas olganidan tört soat ötgaç kognitiv testlarni yeçdi. Testlar işçi xotira, tanlangan diqqat, hissiyotlarni aniqlaş qobiliyati, psixomotor tezlik va diqqatning barqarorligini baholaşga qaratilgandi.
Ma’lum bölişiça, havoning ifloslanişi tanlangan diqqat va emotsiyalarni aniqlaş qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatadi. Bunda iştirokçilarning nafas oliş usuli (normal yoki faqat oğiz orqali) ahamiyatsiz bölgan.
Taxminlarga köra, havo ifloslanişi yalliğlanişni keltirib çiqarişi mumkin, bu esa odamlarning diqqatini jamlaş va emotsiyalarni anglaş qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatadi. Biroq işçi xotira zarar körmaydi. Bu esa miyaning ayrim funksiyalari ifloslangan muhitga nisbatan çidamliroq ekanini anglatadi.
Kognitiv funksiyalar bizga har kuni kerak böladigan köplab aqliy jarayonlarni öz içiga oladi. Bu könikmalar bir-biri bilan çambarças boğliq holda işlaydi:
- Tanlangan diqqat — qarorlar qabul qiliş va maqsadlarga erişişda yordam beradi. Tasavvur qiling: siz supermarketdasiz. Tanlab e’tibor beriş tufayli kerakli mahsulotlarga diqqatingizni qarata olasiz, bu boşqa narsalarga çalğimaslik va kutilmagan xaridlardan tiyilişga yordam beradi;
- Operativ xotira — ma’lumotlarni vaqtinçalik saqlaydigan joy. U bir vaqtning özida bir neçta narsa haqida fikr yuritiş va eslab qoliş kerak bölgan vazifalar uçun zarur. Usiz kunni rejalaştiriş yoki bir paytning özida bir neçta odam bilan muloqot qiliş qiyin bölardi.
- Özidagi va atrofdagilarning emotsiyalarini tuşuniş qobiliyatini qamrab oluvçi ijtimoiy-hissiy idrok ijtimoiy maqbul xulq-atvorni şakllantirişga xizmat qiladi.
Havo ifloslanişi inson salomatligi uçun asosiy ekologik xavf omili bölib, bevaqt ölim körsatkiçlarining oşişiga olib keladi. Uning yurak-qon tomir va nafas oliş tizimlariga salbiy ta’siri çuqur örganilgan, şuningdek, tarqoq skleroz, alsgeymer va parkinson kasalligi kabi neyrodegenerativ kasalliklar bilan boğliqligi ham aniqlangan.
Eng xavfli ifloslantiruvçi modda PM2.5 hisoblanadi. 2015 yilda u bilan boğliq 4,2 million ölim qayd etilgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti PM2.5 ning kunlik konsentratsiyasi 15 mkg/m3 dan, yillik konsentratsiyasini esa 5 mkg/m3 dan oşirmaslikni tavsiya qiladi.











