«Konvert»da tölanadigan maoşlar ustidan nazorat, elektron auksionga çiqariladigan qişloq xöjaligi yerlari va özbek madaniyati elçisiga aylangan yapon qöşiqçisi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Konvertda tölanadigan» maoşlar ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekiston xufiyona faoliyat yuritib, «konvertda» maoş tölayotgan tadbirkorlar ustidan nazoratni kuçaytiradi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalar uçun ijtimoiy soliq 1 foizga tuşirilgan edi. Bu davrda korxonalar soni 1,5 barobar oşib, işçilar soni 220 mingga köpaydi. Iş haqini rasmiylaştiriş hisobiga oyliklar 3,2 barobar ösib, budjetga 2,1 trln söm qöşimça soliq tuşgan.

Şuning uçun tadbirkorlar mazkur imtiyozni yana uç yilga uzaytirişni söragan va bu taklif ma’qullangan. Endi imtiyoz 30 yoşgaça bölgan va kamida 3 mln söm maoş oladigan servis sohasi işçilariga tatbiq etiladi. Şuningdek, quriliş, savdo va umumiy ovqatlaniş sohalarida qisqa muddatli mehnat şartnomalariga ruxsat beriladi.

Iste’molçilarga 1 trln söm keşbek tölab berilgan

Ötgan yil davomida iste’molçilar tomonidan 1 mlrd xarid çeki röyxatdan ötkazilib, ularga 1 trln sömdan ortiq keşbek qaytarildi. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.

Eng köp keşbek qaytarilgan hududlar sifatida Toşkent şahri, Toşkent, Samarqand, Farğona va Andijon viloyatlari tilga olingan.

Ma’lumot uçun, çakana savdo, umumiy ovqatlaniş va maişiy xizmatlar uçun berilgan çeklarga keşbek 2022 yilda joriy qilingan. 2024 yildan bu bonusning 1 foizlik qaytarilişiga BHM 60 baravari miqdorida çegara örnatildi.

Xivaga aviareys yöqligi tanqid ostiga olindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Yiğilişda Xorazmga rejalaştirilgan 6 million sayyohni jalb etişda transport masalalari asosiy tösiqlardan biri ekani qayd etildi. Samarqand va Buxoroga kelgan sayyohlarning köpçiligi Xivaga aviaqatnov yöqligi sababli ortga qaytişga majbur bölmoqda.

Şuningdek, xususiy tibbiy klinikalarga kelayotgan uskunalarni röyxatdan ötkaziş va tadbirkorlarning tibbiy laboratoriya oçiş jarayonlaridagi muammolar ta’kidlandi. Har bir hududda servis rivojini ta’minlaş uçun vazirlar va hokimlar taşabbus körsatişi zarurligi ta’kidlandi.

Bu yil xizmatlar hajmini 15 foizga oşirib, 82 milliard dollarga yetkaziş, eksportni 8,5 milliard dollarga olib çiqiş va sohada 2,5 million odamni daromadli qiliş vazifasi qöyildi.

Qişloq xöjaligi yerlari elektron auksion orqali ijaraga beriladi

Özbekistonda qişloq xöjaligi yer uçastkalarini ajratişning yangi tizimi joriy etilmoqda. Prezident farmoniga köra, yerlar 3 gektardan 50 gektargaça bölgan ölçamlarda E-auksion platformasi orqali onlayn savdoga qöyiladi.

Ijaraçilar 49 yilga yerdan foydalaniş va uni qayta ijaraga beriş huquqiga ega böladi. Ular tuproq unumdorligini saqlaş, ekinlarni almaşlab ekiş va soliq tizimiga realizatsiya qilingan mahsulotlar haqida ma’lumot kiritiş majburiyatini oladi.

Auksionda barça rezident va xorijiy investitsiyalar iştirokidagi kompaniyalar qatnaşişi mumkin. Ğolib öz yuridik manzilini yer uçastkasi joylaşgan hududga ötkazişi şart. Yangi tizim 2025 yil bahorgi ekiş mavsumigaça pilot tarzida belgilangan tumanlarda işga tuşadi.

Yaponiyalik qöşiqçi «Özbek madaniyati elçisi»

Yaponiyalik qöşiqçi Maşu Komazaki «Özbek madaniyati elçisi» maqomini oldi. Bu şarafli unvon unga Özbekiston va Yaponiya madaniy aloqalarini mustahkamlaşdagi hissasi uçun berildi.

Tokio musiqa universiteti bitiruvçisi Komazaki 2015–2017 yillarda Buxoroda musiqa öqituvçisi bölib işlagan, özbek milliy sozlarini, jumladan, dutor çalişni örgangan. U 2018 yildagi Xalqaro maqom san’ati anjumani va 2024 yildagi «Şarq taronalari» festivalida uçinçi örinni qölga kiritgan.

Yaponiya elçixonasida ötgan tadbirda elçi Muhsinxöja Abdurahmonov unga maxsus nişon va sertifikat topşirdi. Komazaki bunday unvon olgan birinçi yapon fuqarosi sifatida faxrlanişini va Özbekiston madaniyatini tarğib qilişni davom ettirişini bildirdi.