Nosoğlom va zaharli 65 kun - Toşkent havosini ifloslaydigan omillarning uzoq muddatli tahlili
|03:37 / 08.02.202512 4428 min
Şamol koridorlarining qurilişlar bilan tösilişi, Qozoğistondan kirib kelayotgan çang massalari, isitiş tizimlarida kömirdan foydalaniş kabilar 2023 yilda poytaxtliklarni 65 kun nosoğlom va zaharli havodan nafas olişga majbur qilgan. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti amaliy iqlimşunoslik laboratoriyasi mudiri geografiya fanlari böyiça falsafa doktori Erkin Abdulaxatov öz örganişlarini taqdim qildi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Toşkent havosi ifloslanalayotgan omillar va uni qanday qilib yaxşilaş böyiça iqlimşunos Erkin Abdulahatov VatandoshTV klubi tadbirida taqdimot qildi. Maqoladagi ma’lumotlar Abdulahatov taqdimotidan yiğildi. Material ilmiy tadqiqot instituti nuqtai nazarini anglatmaydi.
Şamol koridorlari tösib qöyilgan
Daryo mavjud bölgan daralarda şamol yöli koridori hosil böladi. Bu öz-özidan şamolni çaqiruvçi suv obektlari hisoblanadi. Toşkent şahrida şamolning asosiy yönalişlari şimoliy şarqdan, janubi ğarbga tomon bölgan. Bu yönalişdagi şamol daryo irrigatsiya tizimining tartibli joylaşuvi tufayli poytaxtda yiğilgan iflos moddalarni taşqariga olib ketgan.
Poytaxt va uning atrofidan va içidan oqib ötuvçi daryolar xaritasi
Sönggi yillarda kanal va daryo böylarida, ya’ni muhofaza-mintaqa zonalarida quriliş obektlarining haddan taşqari oşib ketişi, şu bilan birga, atmosfera havo aylanişi jarayonlari şamol tezligi va şamol yönalişini özgartirgan. Natijada şaharda yiğilgan zahar taşqariga çiqib ketolmayapti.
Şamol yönalişi va tezligi ham özgargan
1950-80 yillarda şamol asosan Qibray, Keles tomon yoki Qozoğistondan kirib kelgan. Va uning tezligi ham sekundiga 2-3 metr bölgan. Bu şaharning 2 metr balandligida yiğilgan zaharli havo taşqariga çiqib ketiş imkonini bergan.
2020 yilda esa şamol guli öz yönalişini şarqqa, ya’ni Angren, Olmaliq, Ohangaron sanoatlaşgan şaharlar tomonga özgartirgan. Şamolning ğarb, ya’ni Qozoğistondan esişi ham kuçaygan. Qöşni hududdagi Çordara suv ombori atrofidagi suğoriladigan yer maydonlari özlaştirgani hisobiga yerdan çang massalari kötarilib, Toşkentga kirib kelyapti.
Şamol tezligining yil davomida özgarib borişi
Ötgan asrda örtaça yillik şamol tezligi 1,7 metr sekund bölsa, hozir 1,4 metr sekundga tuşib qolgan. Yarim metr sekund şamol tezligining pasayişi poytaxtga turli tomonlardan ifloslantiruvçi moddalarning kirib kelişi va şamolsiz kunlarning köpayişiga zamin yaratdi.
Mavzuga oid
Oxirgi 15 va 5 yillik şamol gullarining soliştirilişiga qaralsa, şamol guli umuman özgarib ketganini köriş mumkin. Aynan aniq tomonlardan esiş tamoyili yöq. Oxirgi 15 yillikdan ğarb va şarqdagi sanoatlaşgan şaharlar, Qozoğistondan çang massalari kirib kelgan bölsa, sönggi 5 yillikda janubi ğarb, ya’ni Sergelidan ham çanglar kirib kelişi boşlangan. Tezlik ham yuqori – 4 metr sekundni taşkil qiladi.
Yillar davomida zaharli moddalar oşişi
2017 yildan 2022 yilgaça Özgidrometning 13 statsionar postida çang, oltingugurt, uglerod oksidi, azot oksidi va fenol ölçangan. Statistikaga qaralsa, unda nafaqat çang, balki boşqa zaharli zarraçalar ham oşib borgan. Eng yuqori ifloslanişlar Mirzo Uluğbek, Mirobod, Sergeli va Yaşnobod tumanlariga töğri keladi.
Şuni eslatib ötiş kerakki, agentlik statsionar postlari 2022 yilgaça PM2,5 VA 10 zarraçalarini qayd etmagan.
Şaharda yilning barça mavsumlarida ifloslaniş yuqori bölmaydi. Kuz-qiş oylarida ifloslangan kunlar köproq böladi. Eng kuçli ifloslaniş köp kunlar yanvarda 19 kun, dekabrda 5 kun, oktyabr va noyabrda 1 kun ekani köringan. Nosoğlom kunlar esa 39 kunni taşkil qilib, noyabr va dekabr oylarida köproq takrorlangan.
IQAir indeksi böyiça 2023 yilda poytaxt havosi
Tadqiqotda PM2,5 ning 2023 va 2024 yillik xaritasi ham işlab çiqilgan. Körinadiki, 2023 yilda Yunusobod tumanida, 2024 yilda esa Olmazor tumanida eng yuqori ifloslaniş kuzatilgan.
Ifloslaniş manbalari
Ifloslanişning 36 foizi Qozoğiston va boşqa hududlardan kirib keladigan tabiiy, 6 foizi quriliş va sanoat korxonalaridan çiqayotgan çang, 16 foizi avtomobil sektoriga töğri kelgan.
Şuningdek, ifloslanişning yana bir yirik manbasi – 28 foizi qişda issiqlik markazlari va issiqlik stansiyalariga töğri kelgan. 13 foizi esa oğir sanoat va yengil sanoatdan çiqadigan çanglar sanaladi.
Şaharda qurilişlar oxirgi 7 yilda 2 barobarga oşgan. Yaşillik 2016 yildan 2020 yilgaça 13 foizgaça kamayib ketgan. Va bu sirt yuza, qurilişdan 6 foiz çang kötarilişiga sabab bölgan.
Poytaxtda transport vositalari sonining ortişi ham atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini oşirgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining 2024 yil yanvar oyida bergan bayonotiga köra, 2023 yilda Toşkent şahrida bir kunda örtaça 730 mingta avtotransport vositasi harakatlangan bölsa, qöşimça ravişda hududlardan 160 mingdan 300 minggaça avtotransport vositasi kirib kelgan. 2021 yilda transport vositalaridan atmosferaga 212,4 ming tonna ifloslantiruvçi moddalar çiqarilgan bölsa, 2022 yilda bu körsatkiç 403 ming tonnaga yetgan, ya’ni 47,3 foizga oşgan. Özbek tadqiqotçilari avtotransportning asfalt sirt yuzasi bilan işqalanişi natijasida ham havoga oğir mayda dispers zarraçalari çiqişi mumkinligini isbotlaşgan. Avtomobil yonilğisi yonişidan ajralib çiqqan gaz körinişidagi taşlamalar hatto alsgeymer kasalligini keltirib çiqarişi xitoylik olimlar tomonidan tasdiqlangan.
Issiqxonalar 16 foizni taşkil qilgan.
Tumanlar uçun alohida yeçimlar
Taqdimotda şahar tumanlari holatidan, har bir tuman uçun hudud xususiyatidan kelib çiqib yeçimlar taşkil qilindi.
Markaziy hududlar (Yunusobod, Mirobod, Şayxontohur) uçun:
Har bir markaziy tumanda yaşil hududlarni kengaytiriş: turğunlar soniga nisbatan kamida 20 foiz kökalamzorlaşgan hudud bölişini ta’minlaş.
•Piyoda va velosiped yölaklarini kengaytiriş. Masalan, Yunusobod yönalişidagi yöllarning 15 foizini piyodalar zonasiga ajratiş.
•Avtomobil harakatini çeklaş orqali elektromobil infratuzilmasini joriy qiliş.
Sergeli va Olmazor tumanlari uçun:
•"Yoşil belboğlar" yaratiş: Sergelida sanoat zonalari atrofida 500 gektar maydonda qöşimça daraxt ekiş.
•Yoğin suvlarini yiğiş uçun maxsus sun’iy suv havzalarini quriş, ulardan daraxtlarni suğoriş uçun foydalaniş.
• Jamoat transporti tarmoğini kengaytiriş, Sergeliga elektrobuslar va yangi tramvay yönalişlarini joriy qiliş.
•Fontanlar va şahar köçalarida vodovoz bilan sup sepiş yoki suv purkaş işlarini amalga oşiriş.
Bektemir va Yaşnobod tumanlari uçun:
•Bektemirdagi suv havzalarini rekonstruksiya qiliş va tabiiy suv oqimini qayta tiklaş.
•Yaşnobodda ekoturizm markazlarini rivojlantiriş uçun suv va yaşil zonalar atrofida "ekologik boğlar" taşkil qiliş.
•Suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş va suvni tozalaş infratuzilmasini yangilaş.
Çilonzor va Uçtepa tumanlari uçun:
Har bir mahalla uçun çiqindilarni qayta işlaş markazlarini taşkil etiş.
•Yaşil hududlarni tiklaş uçun keng kölamli daraxt ekiş aksiyalarini ötkaziş.
•Turğun zonalar atrofida havo ifloslanişini nazorat qiliş va toza energiyaga ötişni tezlaştiriş.
•Fontanlar va şahar köçalarida vodovoz bilan sup sepiş yoki suv purkaş işlarini amalga oşiriş.
Bundan taşqari, umuman hamma joyda qöllaş kerak bölgan mexanizmlar ham taklif qilindi. Bular:
—"Yaşil makon" loyihasini kuçaytiriş: Har bir tumanda 1000 gektar maydonda yaşil hududlar yaratiş (2045 yilgaça rejadagi vazifalarga muvofiq);
xiyobonlarda rayhon, yalpiz, lavanda, rozamarin ekiş işlarini kengaytiriş kerak.
keng bargli daraxtlardan yonğoq, örik, gingko baobla, ignabargli daraxtlardan listvennisa va metosekvoya mandjurskaya ekiş, köçalarga esa pavloniya yaxşi yeçim.
—Jamoatçilik va xususiy sektorni jalb qiliş: kökalamzorlaştiriş va qayta işlaş loyihalarida xususiy investorlarning iştirokini ta’minlaş;
—Texnologik innovatsiyalar: IoT va GIS texnologiyalari asosida havo, suv va çiqindi monitoringi tizimlarini joriy etiş.
— Barça suv obektlarida xlorella suv ötlarini köpaytiriş.