Toşkent şahrida 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi quriladi va ularni joylaştiriş böyiça topografik işlarga 140,4 mln söm yönaltiriş taklif qilindi. Bu haqda şahar hokimi Şavkat Umurzoqov imzolagan qarordan maʼlum bölmoqda.

Hujjat poytaxtning markaziy va turizm köçalari, xiyobonlar hamda aholi va mehmonlar köp boradigan obyektlar atrofida 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasini taşkil etiş haqidagi qaroriga asoslangan. Ular 2026-yilda zamonaviy loyihalar asosida davlat-xususiy şeriklik orqali quriladi.

Amaldagi sanitariya meyorlariga köra, jamoat hojatxonalari sanitariya-gigiyena şoxobçalari tarkibiga kiritiladi. Loyiha topşiriğiga qarab, şoxobçalarda duş kabinalari, kiyim almaştiriş hamda ona va bola xonalari ham taşkil etilişi mumkin.

Hokim qaroriga köra, topografik işlar uçun Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasidan 140,4 mln söm ajratiş böyiça «Toşkent invest kompaniyasi» AJ kuzatuv kengaşiga taklif kiritiladi. Mablağ «Qurilişda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, şaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekşiriş instituti» korxonasiga yönaltirilişi közda tutilgan.