Özbekiston prezidenti "B.Raupovni «Döstlik» ordeni bilan mukofotlaş töğrisida"gi farmonni imzoladi.
Unga köra, Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi Surkhon Sandwich mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi Bahrom Raupov «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Unga orden mamlakatda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, özining izlanuvçanligi va işbilarmonligi bilan sohaga ilğor taşabbus va innovatsion ğoyalarni samarali tatbiq etib kelayotgani, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş borasida köpçilikka ibrat va namuna bölayotgani, hududda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, aholi farovonligini yuksaltirişga qöşayotgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun berildi.
Bundan avval prezident Şavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni bölib ötgan yiğiliş davomida surxondaryolik tadbirkor Bahrom Raupov faoliyatini yuqori baholagandi.












