Şu yilning 1 mayidan import qilinuvçi elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi keskin ravişda oşirilmoqda. Şu asnoda respublikada ekologik toza elektromobillarga oşib borayotgan talab sun’iy ravişda böğilyapti. Kun.uz bu mavzuda ekspertlarga quloq tutarkan, ekologiya bahonasida ekologiya jazolanmoqda, deydi ular. Bundan taşqari, qaror – monopoliya tomiriga suv quyadi, iste’molçilarning oxirgi najoti – elektromobillarni “menyu”dan olib taşlaydi.
Qarorda işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun yiğim BHMning 30 baravaridan 120 baravariga, 3 yildan oşgani esa BHMning 90 baravaridan 210 baravariga oşirilişi belgilangan. Ya’ni bir dona elektromobilning utilizatsiya haqi minimum 45 milliondan 78 milliongaça belgilandi. Qarorga muvofiq buni importyorlar va mahalliy işlab çiqaruvçilar tölaydi, lekin amalda utilizatsiya ölponi oddiy xalq va iste’molçining gardanida qolaveradi.
Utilizatsiya nega kerak va u bormi?
2020 yildan boşlab ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, fuqarolar soğliğini va atrof-muhitni ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari öz iste’mol xususiyatlarini yöqotganidan keyin hosil böladigan çiqindilarning zararli ta’siridan himoya qiliş maqsadida utilizatsiya yiğimi joriy qilingandi. Aytilganidek, asosiy maqsad – ekologiyani asrab-avaylaş. Lekin 1 maydan keskin qimmatlayotgan yiğim haqi ortidan eng katta jazo baribir ekologiyaga böladi.
Ötgan 5 yil davomida qança utilizatsiya haqi undirilgani, budjet mablağlarining qança qismi bu pullar bilan tölişi, ular nimaga işlatilişi xususida biror ma’lumot yöq. Vaholanki, birgina 2024 yilning yanvar-sentabr oylari oraliğida 54 272 dona benzinda yuruvçi, gibrid va elektromobillar import qilingan. Şu maşinalardan kamida 1,8 trln söm utilizatsiya haqi undirilgan bölişi kerak. Biroq bu pullarni kim yiğdi, qay maqsadda ular işlatildi, nega ekologiyani asrab-avaylaş uçun undirilgan pullar atrof-muhitimizni ifloslanişdan saqlab qola olmadi? Ayni şu savollarni kötargan ekspertlar Özbekistonda utilizatsiya aslida borligidan ham şubhada.
Yurist, advokat Kamoliddin Bahouddinov fikriça, iste’molçilar yöq utilizatsiyaga ölpon tölaşga majbur.
“Bir-birini inkor etuvçi qarorlar amaliyotiga qaçon çek qöyiladi? Elektromobillar infratuzilmasi hali yaratilmasdan turib, uning jozibadorligini sindirişga xizmat qiluvçi qarorlarni umuman tuşunmayman. 2022 yilning özida 5 ta jamoaviy murojaat bilan çiqqanman, lekin heç kim reaksiya qilmagan. Xöş, dunyo davlatlari 55-250 AQŞ dollari miqdorida utilizatsiya haqi tölayotgan bir şaroitda nega biz 27 milliondan 144 milliongaça pul tölaşimiz kerak, bu 2022 yil hisob-kitobi. Xöş, bu mezonlar qayerdan olindi, nega men yöq utilizatsiya uçun bunça pul tölaşim kerak? – Kamoliddin Bahouddinov, yurist, avtobloger
Xalqaro savdo böyiça ekspert Valijon Töraqulov fikriça, ekologiya soliği vazifasini ötovçi bu utilizatsiya yiğimi köp davlatlarda bor. Asosiy maqsad ekologik muammolarni bartaraf etiş uçun mablağ şakllantiriş, lekin Özbekiston şaroitida buni yomon maqsadlarga ham burib yuboriş mumkin. Çunki hozirgi qaror aniq monopoliya himoyasi uçun işlaydi.
“Hukumatning keltirayotgan vajlari ekologiya deyilsa-da, unga qarşi işlaydi. Vazirlar Mahkamasining qarori töğridan töğri elektromobillar sotib olişga hujum. Ya’ni ekologiyaga xizmat qilişi kerak bölgan bu qaror agar qayta körib çiqilmasa, butunlay teskari işlaydi. Qöyilgan maqsad aniq – elektromobillar Özbekistonga kelmasin, bu asosan yangi maşinalarga qöllanadi” – Valijon Töraqulov, xalqaro savdo böyiça ekspert
Monopolistlarga nega imtiyoz?
Vazirlar Mahkamasi qarorida utilizatsiya yiğimini maşinalarni import qiluvçilar va mahalliy işlab çiqaruvçilar tölaşi belgilangan. Lekin Özbekistondagi eng katta avtomonopol UzAuto hozirgaça qança utilizatsiya haqi tölagani ma’lum emas.
Yana bir potensial monopol kompaniya BYD Uzbekistan esa 2030 yilgaça utilizatsiya yiğimini tölamaslik uçun imtiyoz olgan. Xöş, agar qarordan asosiy maqsad ekologiyani asraş bölsa, nega respublika asosiy avtomobil sotuvçilari buni tölamaydi?
“UzAutoʼning utilizatsiya uçun tölovlari haqida ma’lumotlarini heç qayerdan topa olmadim. Aslida butunlay teskari ahvol, bizning fuqarolar xorijiy davlatlar aholisi uçun utilizatsiya haqi tölab bermoqda. Masalan, 2022 yilda UzAutoʼga 325 mlrd söm Gruziya va Belarusga sotilgan maşinalari uçun utilizatsiya yiğimini tölab beriş maqsadida davlat budjetidan berilgan. Ya’ni Özbekiston fuqarolari xorijliklar örniga ham utilizatsiya haqini tölamoqda” – Valijon Töraqulov, xalqaro savdo böyiça ekspert
Bu qaror töğridan töğri UzAuto va BYD Uzbekistan kabi monopolistik avtokompaniyalar moliyaviy ahvolini qöllaş, ularning monopoliya tomiriga suv quyiş uçun çiqarilgan bir hujjatdir, deydi ekspertlar.
Vazirlar Mahkamasining bu qarori Özbekistonni JSTga a’zolikdan uzoqlaştiradi
Özbekiston qadamma-qadam JSTga a’zo böliş harakatida. Lekin taşkilotga a’zo böliş uçun qöyilgan fundamental şartlar – bozorning oçilişi, işlab çiqaruvçilarga teng imkoniyatlarni beriş, iste’molçilar oldida raqobatni şakllantiriş. Vazirlar Mahkamasining 1 maydan utilizatsiya yiğimini keskin oşiruvçi qarori taşkilot qadriyatlariga umuman mos kelmaydi. Vaholanki, bu monopoliyalar foydasiga işlaydi.
Moliya va investitsiya masalalari böyiça ekspert Tamilla Qurbonova fikriça, bu qaror ortidan Özbekiston JSTga a’zo bölolmaydi.
“Albatta, taşkilot vakillari buni inobatga oladi. Qaror ortidan muzokaralar yanada çözilib ketadi, a’zo davlatlar esa buni qabul qilmaydi, ya’ni qarordagi holatni. Taşkilotning asosiy qadriyati – barçaga teng imkoniyatlarni taqdim etiş. Bizda esa mahalliy işlab çiqaruvçilar ustun körilmoqda. Yangi narxlar esa elektromobillarni qimmatlaştirib yuboradi, har birining ustiga kamida 2000-3000 AQŞ dollaridan qöşiladi. Ya’ni bu holatida Özbekiston JSTga a’zo bölolmaydi” – Tamilla Qurbonova, moliya va investitsiya böyiça ekspert.
Bundan taşqari, Özbekiston bozori oçilayotgan, investorlar faol çaqirilayotgan bir paytda monopoliya manfaatlariga xizmat qiluvçi bu qaror ularda savollarni köpaytiradi. Ya’ni Özbekiston bozoriga kirmoqçi bölgan investorlar boşqa bozorlarni tanlaşga majbur böladi. JSTning 1994 yilda qabul qilingan qadriyatlariga Vazirlar Mahkamasining utilizatsiya böyiça qarori umuman töğri kelmaydi. Buni yana muzokaralar bilan hal etişga töğri keladi. Rossiya JSTga a’zo bölgaç oşirgan utilizatsiya narxlari ortidan sudga berilgan edi va Moskva buni tuşirişga majbur bölgandi, deydi Töraqulov.
Bu kelajakda nafaqat ekologik salbiy oqibatlarga, balki iqtisodiy yöqotişlarga ham sabab böladi. Qarorni çiqarişdan avval jamoatçilik bilan muhokama qilib, xalqçil ekaniga ham işonç hosil qiliş kerak edi, deydi suhbatda yiğilganlar.
Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.










