Joriy haftaning birinçi yarmida Özbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massasi ta’sirida böladi, deya xabar berdi «Özgidromet». Respublika böyiça vaqti-vaqti bilan asosan qor körinişidagi yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.
13 fevralda markaziy va şarqiy viloyatlarda ayrim joylarda, şuningdek, Özbekistonning çöl hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
14 fevralda respublikaning köpçilik viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat eng çekka janubda ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin, toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Havo harorati 10–11 fevral kunlari kunduzi 0…+5 daraja, keçasi 0…–5 daraja, şimolda va çöl hududlarda ba’zi joylarda –6…–8 darajagaça böladi.
12 fevraldan harorat asta-sekin kötarila boşlaydi va 13–14 fevral kunlariga borib havo kunduzi +8…+11, janubda +12…+14 darajagaça iliydi.
Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.
Toşkentda duşanba kuni keçqurun biroz qor yoğişi mumkin. 11–12 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan asosan qor körinişidagi yoğingarçilik, 13 fevralda yomğir körinişidagi yoğingarçilik böladi. 14 fevral kuni yoğingarçilik kutilmaydi.
Havo harorati keçasi –3…+2, kunduzi 10–11 fevral kunlarida 0…+5, 12–14 fevral kunlarida +8…+10 darajagaça asta-sekin kötariladi.
Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.












