Germaniya hukumati mamlakat Harbiy-dengiz kuçlariga hal topşirilmagan Emdem korveti bortida sodir bölgan holat böyiça tergov olib bormoqda, deb xabar beradi Sueddeutsche Zeitung.
Naşr ma’lumotlariga köra, noma’lum şaxslar kema dvigateliga bir neça kilogramm metall qirindilarini sepib ketgan.
Ma’lum qilinişiça, diversiya korvetning joriy yil yanvar örtalarida ilk bor dengizi çiqişidan oldin aniqlangan. Ekspertlarning fikriça, mazkur holat öz vaqtida aniqlanmaganida kemaga jiddiy şikast yetib, uning Harbiy-dengiz kuçlariga topşirilişi uzoq vaqtda çözilişi mumkin edi.
Gazeta ma’lumotlariga köra, mamlakat harbiylari 2 milliard yevroga 130 klassidagi korvetdan beşta buyurtma qilgan.
Politsiya hozirda holat böyiça tergov olib bormoqda, ammo uning qanday ketayotgani töğrisida biror-bir ma’lumot taqdim etişdan boş tortgan.
Fevral boşlarida Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer avtomobillarning tutun çiqargiçlaridagi quriliş köpiklari bilan sodir etilgan diversiya ortida Rossiya turgan bölişi mumkinligini istisno etmagandi.












