Kun.uz muxbiri Toşkent şahar IIBB bilan birga tungi reydga çiqdi. Tasvirga oliş guruhi tezkor tadbirlar davomida 58 ta tölanmagan qoidabuzarlik sabab qidiruvga berilgan Lacetti, yaqin insonini “giyohvand moddalarga qaramlikdan qutqarmoqçi” bölgan ayol, keç tavba qilgan yigit iqrorlariga guvoh bölişdi.
Toşkent şahrida ötkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida, giyohvand modda “taşuvçilari” va qoidabuzar haydovçilarga qonuniy çoralar körildi.
Xususan, yöl-patrul inspektorlari tomonidan töxtatilgan Lacetti avtomaşinasidagi yölovçi ayol şubha uyğotgani sabab Yunusobod tumani içki işlar bölimiga olib borildi. Xolislar iştirokidagi tekşiruv jarayonida ayol yonida bölgan ötkir hidli moddani öz xohişiga köra içki işlar xodimlariga taqdim etdi.
Yana bir holatda esa, yöl çetida guruh bölib töplanib, jamoat joyida tamaki çekib turgan bir guruh yoşlar bilan profilaktik suhbat ötkaziş jarayonida, ulardan biriga tegişli bölgan Lacetti avtoulovining hujjatlari tekşirilganida, avtomaşinaning 58 ta tölanmagan qoidabuzarligi borligi, tegişli taşkilotlar tomonidan taqiq örnatilib, qidiruvga berilgani ma’lum böldi.
Kamiga “avtomaşina meniki emas” deb ta’kidlagan yigit heç qanday hujjatsiz avtomobil boşqargani, yon oynalarni qoraytiriş uçun tegişli ruxsatnomasi yöqligi ayon böldi. Holat yuzasidan har bir holat böyiça hujjatlar rasmiylaştirib, avtomaşina vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga olib borildi.
Reyd davomida yana 3 ta holatda 3 nafar şaxsning yonida giyohvand moddalar borligi ma’lum böldi. Barça daliliy aşyolar xolislar iştirokida tegişli tartibda rasmiylaştirilib olindi.










