Komil Allamjonovga suiqasdda ayblanganlarga hukm, meningitga qarşi emlaşni bekor qilmagan Saudiya va endi 5 yilga saylanadigan mahalla raislari — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Allamjonovga suiqasdda ayblangan 10 kişi qamaldi

12 fevral kuni Özbekiston Harbiy sudida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdga oid jinoyat işi doirasida 10 nafar şaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilişiça, Şuhrat Rasulov 23 yil, Javlon Yunusov 18 yil-u 6 oy, Şohrux Ahmedov 23 yil, Ismoil Jahongirov 23 yil va Doniyor Toşxöjayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana 5 nafar sudlanuvçiga qilmişiga muvofiq ravişda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.

7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Toşkent şahar IIBB boşliğining sobiq birinçi örinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyoroviç Toşxöjayev işdan ketganidan bir hafta ötib, dekabr oyi boşida qölga olingan edi. U jinoyatni yaşirişga uriniş va tergov jarayoniga xalaqit qilişda gumonlangandi. Doniyor Toşxöjayev köp yillar Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari lavozimida işlagan, 2020-2022 yillarda Farğona viloyati IIB boşliği bölgan, 2024 yil noyabrida Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

23 yilga qamalgan Prezident davlat xavfsizlik xizmati öz xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği Şuhrat Rasulov Komil Allamjonovga suiqasdning asosiy buyurtmaçisi sifatida qölga olingandi.

Javlon Yunusov — iş böyiça ismi oçiq e’lon qilingan yagona ayblanuvçi bölgandi. OAV ma’lumotiga köra, u suiqasd buyurtmaçisi va ijroçilar örtasida vositaçilik qilgan bölişi mumkin.

Komil Allamjonov: «Haqiqat ikki buklansa ham sinmadi»

Prezident administratsiyasining sobiq rasmiysi Komil Allamjonov öz şaxsiga qaratilgan suiqasd işi böyiça sud hukmi e’lon qilinganidan söng içki keçinmalari bilan bölişdi.

U öz bayonotida ota-bobolarining duolari, oxirgi beş oy içida özi va yaqinlari boşidan ötkazgan sinovlar hamda haqiqatning baribir yuzaga çiqişi haqida töxtaldi.

«Haqiqat egilganda egilib, bukilgandayam ikki bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga çiqdi. Yuzaga çiqadi ham», deb yozgan Allamjonov özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Allamjonov haqiqatni yoritiş va sinovlardan mardlik bilan ötiş niyatida ekanini bildirib, «Yaratgandan qoçib bölmasligi», «Oldinda qiladigan işlar köpligi» haqida yozdi.

«Ilohim bularning hammasidan yoruğ yuz bilan ötiş nasib qilsin», deb yakunlagan u öz fikrini.

Haj va Umrada meningitga qarşi emlaniş talabi öz kuçida

Özbekistonda Haj va Umra ziyoratiga boruvçilardan meningitga qarşi emlanganlik haqidagi hujjat talab qilinişi bekor etilmagan, deb ma’lum qildi Sanepidqömita. Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçixonasi ham bu talab öz kuçida ekanini tasdiqladi.

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda endi Haj va Umra ziyorati uçun vaksina sertifikati talab qilinmaydi, mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi. Lekin Sanepidqömita bu ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.

Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligi meningitga qarşi emlanganlik Haj va Umra ziyoratçilari uçun majburiy ekanini rasman tasdiqlagan. Şuningdek, turfirmalar ziyoratçilarni olib borişda mazkur sertifikatni talab qilişlari şart.

Eslatib ötamiz, 2025 yil fevraldan boşlab Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uçun boruvçilardan meningitga qarşi emlanganlik sertifikati talab etilişi rasman e’lon qilingandi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

Özbekistonda mahalla fuqarolar yiğinlari raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilgaça uzaytirildi. Bu haqda tegişli qonun hujjatlariga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarda qayd etilgan.

«Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida» va «Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisida» qonunlariga kiritilgan özgartişlar asosida, böşab qolgan örinlarga ham 5 yil muddatga raislar saylanişi belgilandi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida fuqarolar yiğinlari saylovlarini taşkil etiş va ötkaziş uçun mas’ul komissiyalarning vakolatlari aniqlaştirildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi. Ammo bugungi kunda 3 yil muddatga saylangan fuqarolar yiğinlari raislari öz vakolatlarini belgilangan muddat oxirigaça bajaradi. Ya’ni ularning vakolat muddati avtomatik 5 yilga uzaytirilmaydi.