Britaniyaning Derbi şahrida yaşovçi Ted Mijli 15 yoşida maktabni tark etgan. U bolaligidan disleksiyadan (öqiş va yoziş könikmalarini egallaş qobiliyatining buzilişi) aziyat çekib kelardi, ammo erkak 58 yoşida öqişni örganişga muvaffaq böldi.
BBC bilan intervyuda Mijli özining “nuqsoni”ni heç qaçon odamlardan yaşirmaganini va butun umri davomida tanişlari hamda döstlarining yordamiga tayanib kelganini aytdi. Yaqinda u öqiş darslarini olişga qaror qildi va nihoyat 1985 yilda xarid qilgan Speedway Star jurnalini öqişga muvaffaq böldi.
“Bu jurnal menda ança vaqt çang bosib yotdi, çunki uni öqiy olmasdim. Nihoyat buni uddalaganimdan mamnunman”, — dedi u.
Maktabdagi öqituvçilari Mijlining öqişda qiynalişini “dangasalik” deb ataşgan. Faqatgina yillar ötib, Ted örta maktabda ta’lim olayotgan paytida, öqituvçilar uning ota-onasiga bolada disleksiya bölişi mumkinligini aytgan.
Şundan söng Mijlini maxsus ta’lim muassasasiga yuboriş taklif qilindi, biroq maktabning özi Ted uçun “yoqimsiz joy” edi. U 15 yoşida öqişni taşlab, töqimaçilik fabrikasiga işga joylaşdi.
Mijli umrining aksariyat qismida hatto oddiy xabarni ham öqiy olmagan. Biroq bu uning muvaffaqiyatli karera qurişiga tösqinlik qilmadi. Mijli motosportning noyob turi — spidveyda mexanik sifatida ta’lim oldi. Bu sport turida poygaçilar tuproqli oval trassalarda tormozlarsiz bir tezlikli mototsikllarda musobaqalaşadi. Ted poygalarda iştirok etib, dunyo böylab köp sayohat qildi. Hozirda u Derbidagi Joe Hughes International kompaniyasida işlaydi, bu kompaniya spidvey uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Bir kuni Mijli avstraliyalik yoş poygaçi Breyden Elliot bilan tanişib qoladi va uning menejeri böliş istagi tuğiladi. Buning uçun u elektron xatlarni öqişni örganişi kerak edi — şunda Ted dars olişga ahd qiladi.
Mijli repetitor— Dunkan Livsini yolladi. Ular haftada ikki marta 30 daqiqadan individual maşğulotlar ötkazdi.
“U juda pozitiv odam bölgani uçun uni öqitiş oson böldi. Har safar u bilan muloqot qilganimda mamnunlik his qilaman”, — dedi Livsi.
Uning sözlariga köra, öqişni bilmaydigan kattalar soni odatdagidan ança köp. Biroq ularning köpçiligi Teddan farqli ölaroq, yordam söraşga jur’at eta olmaydi.











