Muloqot davomida Özbekiston va Yevro Ittifoqiga a’zo davlatlar örtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqiçga kötarilgani e’tirof etildi.

YeIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatda inson huquqlarini, gender tenglikni ta’minlaşga hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanişga qaratilgan işlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini örganiş yuzasidan fikr almaşildi.

Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuçaytiriş hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillaştirişga oid hamkorlik dasturlarini yölga quyişga kelişib olindi.












