1 martdan boşlab UzCard kartalari orqali SMS xabarnomalar ta’rifi 84,2 sömdan 168,4 sömga oşadi. Bu haqda uşbu xizmatni körsatuvçi Play Mobile kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, SMS-xabarnoma xizmatlari narxlari 2019 yilning iyul oyidan beri özgarmagan, ammo SMS-trafik hajmi 75 foizga oşgan va dasturiy-apparat majmuasiga xizmat körsatiş xarajatlarini sezilarli darajada qimmatlaştirgan.

“Xizmatlar narxiga taşqi iqtisodiy omillar – elektr energiyasi narxining 100 foizga, bazaviy hisoblaş miqdorining 68 foizga va aloqa operatorlari tomonidan undiriladigan bitta SMS örtaça narxi 300 foizga oşişi ham ta’sir körsatdi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Şu bilan birga UzCard kartalarini Telegramʼda kuzatiş imkonini beruvçi CardXabar Telegram boti narxi ham qimmatlaşadi. Şu paytga qadar botdan oyiga 1 000 söm tölov bilan foydalaniş mumkin edi. 1 martdan boşlab eng arzon Start paketi (250 tagaça xabar) uçun 5 ming söm, eng qimmat Infinite paketi (20 mingtadan köproq xabar) uçun 500 ming söm tölaş kerak böladi.