Uzcard rahbari bilan intervyu: xakerlar hujumi, işlaş tizimidagi uzilişlar va kompaniya monopoliyasi haqida
|19:51 / 15.12.201826 63718 min
Foto: UzCardFoto: UzCard
7 noyabr kuni “Biznes Laboratoriyasi” Özbekistonda AKT yakunlari böyiça uçraşuv ötkazdi. Mutaxassislar Uzsard tizimi xakerlar qarşisida zaif, degan xulosaga kelişdi. Şuningdek, Özbekistonga internet-dökonlari bozori ommaviy ravişda kirib kelsa, xaridorlarning pul mablağlari xavf ostida qolişi, bu esa sarmoyadorlar uçun katta tösiq va qörquvni keltirib çiqarişi muhokama qilindi.
Biz Yagona umumrespublika protsessing markazi boş rahbari Ahror Mahmudov bilan Uzcard tizimining maqsadi, tizim qay darajada xavfsiz va kompaniya ommaviy uzilişlar çoğida qanday çoralar körişi haqida suhbatlaşdik.
— Uzsard tizimining xakerlar oldida zaif ekanligi haqidagi fikrlarga qanday qaraysiz?
— Keling, eng boşidan boşlaymiz. Uzcard tizimi EMV’ning eng sönggi xalqaro standartiga javob bergan holda faoliyat olib boradi, hozirgaça uşbu standartning yangilangan körinişi joriy etilmagan. Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) har yili Payment Card Industry Data Security Standard (PCI DSS) xalqaro standarti böyiça tekşiruvdan ötkaziladi. Biz tölov tizimi sifatida barça sinovlardan ötkazilamiz. Agarda biz ötgan yili muvaffaqiyatli tekşiruvlardan ötgan bölsak, bu joriy yilda ham attestatsiya kafolatlanganini anglatmaydi. Har yili standart yangi talablarni joriy etmoqda va tizimni yangi talablarga moslaştiriş kerak böladi. Muvofiqlaştiriş uçun esa biz katta resurslarni, jumladan, moliyaviy resurslarni jalb etamiz. Auditorlar Uzcard tizimini töliq tahlil qilib çiqadi va agarda biror bir nuqson, kamçilik va zaiflik aniqlansa, u holda biz tomondan ularni töğrilaş talab etiladi. Auditorlarning barça talablariga javob bergan holda, biz sertifikatlaştirilamiz. Uzcard tizimida bu kabi masalalarni hal etiş uçun içki xavfsizlik bölimi faoliyat olib boradi. Bizning xalqaro standartlarga moslaşişdan boşqa yölimiz yöq. Şu sababdan bizning zaifligimiz haqidagi uydirmalarning bildirilişiga heç qanday asos yöq. Agarda asossiz ravişda bunday fikrlaydigan bölsak, u holda dunyoning barça tölov tizimlari zaif hisoblanadi. Işonç bilan ayta olamanki, biz 99,9 % ga himoyalanganmiz, 0,1 % esa bu bazaga zarar yetkazadigan xavf bölib, heç kim bu xavfdan himoyalanmagan. Bu xavf nafaqat Uzcard tizimiga, balki MasterCard va VISA ham tegişlidir.
Hukumat tomonidan Uzcard tizimi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlaş uçun javobgar etib belgilab qöyilgan. Biz öz vazifamizni bajaryapmiz. Misol uçun, agarda biror bir bank yangi ATM qurilmalari sotib olişga qaror qilgan bölsa, albatta u bizning tekşiruvimizdan ötişi lozim, va biz uni tekşirib bölganimizdan söng, talablarga moslik haqidagi ruxsatnoma beriladi.
—
Mavzuga oid
Kartalarning xavfsizligi bilan boğliq eng katta muammo, bu plastik karta egalari tomonidan karta bilan notöğri foydalaniş holatlari hisoblanadi. Odamlar törtta bir kabi sodda, himoyalanmagan parollarini öz kartalariga örnatişadi, şubhali saytlardan keyinçalik karta ma'lumotlarini öğirlaş mumkin bölgan xaridlarni amalga oşirişadi. Plastik kartalardan foydalaniş böyiça muomala madaniyatini joriy etişga qanday e'tibor qaratilmoqda?
— Darhaqiqat, muammo - zaif tizim emas, balki karta egalarining xavf ostida qolişlari. Avvallari Uzcard tizimi faqat mahalliy darajada faoliyat yuritgan va heç qanday taşqi xavf bölmagan, şu sabab ham bankdan ham, tizimdan ham PIN-kodni örnatiş va uni kiritişga tegişli talablar belgilanmagan. Qator banklar tomonidan avtomatik ravişda sodda parollar örnatiş odatga aylangan, foydalanuvçilar esa öz xohişlariga köra ularni özgartirib turişgan. Hattoki, yoqilği quyiş şahobçalarida karta egasidan kod raqami aniqlanmagan va avtomatik ravişda kartalarning brendidan kelib çiqib kod kiritilgan va tölovlar amalga oşirilgan.
Biz xalqaro kartalarni (kobeydjing kartalari) joriy eta boşladik va biz banklardan öz parollarini örnatmasliklarini talab qilyapmiz. Endilikda, hattoki bank xodimining özi ham sizning parolingizni bilmaydi. Buning uçun biz maxsus uskuna sotib oldik va personalizatsiyalaştiriş jarayoni boşqa taşkilotda amalga oşiriladi. Kartalar va karta paroli alohida-alohida konvertlarda taqdim etiladi. Yetkazib beriş xizmatlari bilan boşqa bir kompaniya şuğullanişi közda tutilmoqda. Bu PCI DSS-xalqaro xavfsizlik talablari bölib, yangi talablarni joriy etişga ehtiyoj mavjud emas, buning tayyor yeçimi mavjud. Albatta, foydalanuvçi tomonidan «nima sababdan avval kartamni bir soat içida olar edim, endi esa uç soat kutişim kerak» degan e'tirozlar bölişi tabiiy, biroq bu talablar barçasi xavfsizlik uçun amalga oşirilmoqda. Agar biz eski sxema böyiça iş olib borsak, uning natijasi ommaviy firibgarliklarga olib keladi va bu holat plastik kartalarga bölgan işonçni sustlaştiradi.
Aksariyat odamlar kobeydjing kartalar çiqarilişiga norozilik bildirişganlarini kuzatişimiz mumkin. Biroq, uşbu kartalarning joriy etilişi Uzcard tizimining bosib ötgan yöli bilan boğliq. Esingizda bölsa, offlayn kartalardan onlaynga ötiş vaqtida odamlar buning qay darajada zarurligini tuşunişmay, e'tiroz bildirişgan edi, ammo uç oy ötgaç, hammasi öz iziga tuşib ketgan. Hozirda ham kobeydjing kartalari bilan xuddi şunday holat kuzatilmoqda – bu yangi jarayonga vaqt ötib odamlar könikadi va kobeydjing kartalarining standart kartalardan yanada qulay ekanligini, unda nafaqat öz mamlakatimizda, balki xorijda ham bemalol foydalaniş mumkinligini anglab yetişadi.
— 15 sentabr kuni tizimda uç kunlik nosozlik kuzatilgan edi, bu holat nima sababdan kelib çiqdi, vaziyatni qanday hal etdingiz, tizim hujumga duçor böldimi?
— Aniqroği, Uzcard ikki keça-kunduz işlamadi. Ha, albatta bu katta fojia edi, tizim bardoş berolmadi va işdan çiqdi. Tezkorlik bilan maxsus guruh taşkil etildi va nosozlikni bartaraf etiş uçun yigirmadan ziyod variantlar körib çiqildi, biroq bir keça-kunduz davomida ularning heç biri natija bermadi. Biz tizimni ikki daqiqa içida işga tuşirişimiz mumkin edi, biroq bir muammo mavjud edi – kartalarga tegişli barça ma'lumotlar bazasi öçib ketişi mumkin edi. Pul iştirok etgan joyda firibgarlar böliş tabiiy.
Tizimimiz ommaviy hujumga duçor böldi. Hujum oqibatlari bir oy davomida kuzatildi, köpçilik bu holat sodir bölişini hatto tasavvur qilmas edi. Va bu holat, aynan men aytib ötgan 0,1 % lik xavf edi. Markaziy bank tomonidan tizimni darhol işga tuşiriş, keyin esa karta egalari hisobida qança mablağ borligini aniqlaştiriş vazifasi yuklatildi. Biroq, biz bu taklifni inkor etdik. Tasavvur qilyapsizmi, hisobida bir million söm bölgan biror bir kişi keladi-da, hisobimda 10 million söm bor edi, deydi – buni kim isbotlab beradi. Şu sabab ham, asosiy vazifamiz barça ma'lumotlarni tiklaş edi va jamoamiz buning uddasidan çiqdi. 17 sentabr kuni tizim işlab ketdi, biroq foydalanuvçilar tizimda 5-6 daqiqalik uzilişlar sodir bölib turganini sezişgan bölsa kerak.
Nosozlik qayd etilganida xalqaro hamkorlarimiz - MasterCard, Visa va China UnionPay kompaniyalaridan ham murojaatlar kuzatildi, albatta, e'tirozli murojaatlar emas, balki qöllab-quvvatlaş va tegişli yordamni körsatiş takliflari bildirildi. Ularda ham bu kabi vaziyatlar sodir bölgan, misol uçun 2 yil avval MasterCard tizimi işdan çiqqan edi.
15 sentabrda sodir bölgan uzilişlar milliy darajadagi muammo edi, uning natijasida mamlakatda moliyaviy tartibsizliklar sodir bölişi mumkin edi. Prezidentimiz hamda Vazirlar Mahkamasining tölov tizimi sohasida bajarilişga topşirilgan barça qarorlari biz tomonimizdan töliq bajarilib kelinmoqda. Mart oyida bank xizmatlari ommabopligini oşiriş böyiça qaror işlab çiqarilganda, kompaniyamiz aynan xalqaro tölov tizimi bilan integratsiyalaşgan edi. Aytib ötmoqçimanki, qayd etilgan nosozlik vaqtida biz aksariyat mahalliy hamkorlarimizdan qöllab-quvvatlanmadik, kutilgan maslahatga ehtiyoj sezganimizda, yordam olmadik.
— Markaziy bankka HUMO nomi ostidagi yana bir tölov tizimini joriy etiş böyiça topşiriq berilgan edi. Nosozlik kuzatilganidan söng, monopoliya – bu yaxşi emasligiga amin böldingizmi?
— Qanday monopoliya haqida gapirmoqdasiz, Uzcard tizimi kirib kelganiga 15 yil böldi, biroq sönggi 4 yil davomida bizda GlobUz tizimi ham işlamoqda, tez orada HUMO ham paydo böladi. Hamkorlarimiz aynan foydali bölgani uçun biz bilan işlab kelişmoqda. “Özsanoatqurilişbank”ning ham öz tizimi mavjud, nima sababdan ular tizimni rivojlantirmadi? Ularning özlari bizga ulanişgan, sababi bunday işlaş ularga ma'qul keladi. Kompaniyamiz arzon tariflarni taklif etadi, bundan taşqari, biz turli xildagi innovatsion imkoniyatlarni joriy etib kelmoqdamiz.
Mana siz monopoliya haqida gapirdingiz, biroq biz aytib ötilgan vazifalarni bajarmasak, boşqa heç kim bajarmaydi. Hayotga eskirgan dunyoqaraşi bilan qaraydigan odamlar xalqni yangi xizmatlar sari yetaklamaydi, biz esa davr bilan hamnafas holda oldinga intilmoqdamiz.
Joriy yilda faoliyatimizni rivojlantiriş uçun 23 million dollar miqdorida mablağ sarfladik va 2018 yilda 200ga yaqin loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirdik. Kompaniya strategiyasi 4 yilga möljallangan va biz mazkur strategiyaga amal qilamiz.
Monopoliya bu ham yaxşi va yomon hamdir. Agar bizda monopoliya bölmaganda, har bir karta egasi Uzsard, VISA, MasterCard kabi kartalarning emissiyasi uçun öz çöntaklaridan pul mablaği tölar edilar, şuningdek, taqdim etilgan barça kartalarni özlari bilan birga olib yurişlariga töğri kelardi. Biz monopoliyani yomon deyapmiz, biroq masala bunda emas – nosozlik har qanday yangi tizim bilan ham sodir bölişi mumkin va pullar işlamay qolgan tizimda qolib ketadi. Muammoning texnik yeçimi hali mavjud emas. Nima sababdan uzoqni közlamay öylaş, blogerlik bilan şuğullanib, asosiz ma'lumotlarni ommaga tarqatiş kerak?!
— Uzcard’ning xalqaro VISA va MasterCard oldidagi afzalliklari nimada? Ma'lumotlarga köra, UnionPay, Visa va Mastercard kartalari dunyo böylab muomaladagi barça tölov kartalarining 80%ni taşkil etadi. Qolgan 20% — AmericanExpress, DinersClub, JCB, Discover va bir neçta mahalliy moliyaviy muassasalar taşkil etadi. Bu haqda RBR kompaniyasi tadqiqotlarida aytilmoqda. Dunyoning barça davlatlari (şu jumladan, yaqinda Rossiya ham) xalqaro plastik kartalarga töliq ötişni ma'qul körişmoqda. Öz milliy tölov tizimiga ega böliş, ayniqsa internet tarmoğida tölovlar xavfsizligini ta'minlaş katta xarajatlarni talab etadi. Xalqaro tölov tizimlari bosib ötgan yölni takrorlaş Uzcard tizimi tomonidan qöşimça pul mablağlari va qöşimça vaqt sarflanişini talab etadi. Tayyor xalqaro yeçim turganda Uzcard tizimim nima uçun kerak? Bu nima, mustaqillikmi?
— Darhaqiqat, aksariyat odamlar dunyoda yetakçilik qilayotgan kompaniyalar faoliyat olib borayotgani sababli, Uzcard nima uçun kerakligi ustida boş qotiradi. Lekin öz tölov tizimimizga ega bölmaslik mahalliy soliq tölovçilarimizning pullarini xorijiy davlatlarga beriş deganini anglatadi. Uşbu pul mablağlari mamlakatimizda qolişi va mahalliy iqtisodimizni rivojlantirişi darkor. Rossiya, Xitoy, Eron va yaqinda Turkiya (sanksiyalar, çeklovlar - tahririyat)kabi davlatlar bilan sodir bölgan holatlarni bir eslang. Nima uçun biz ham uşbu yölni bosib ötişimiz kerak?!
Agarda biz tölov tizimimiz mustaqil bölişini öylamasdan, barça şartnomalarni asossiz imzolayversak, bu butunlay qaramlikka olib keladi. Mahalliy tölov tizimining mavjudligi, birinçi navbatda, milliy xavfsizlikdir va agarda xavfsizlik yostiqçasini yaratiş imkoniyati mavjud bölsa nega undan foydalanmaslik kerak? Hozirda bizning xalqaro hamkorlarimiz juda foydali şaroitlarni taklif etayotganliklari bois, vasvasaga tuşib, töliq ötib olişimiz ham mumkin, biroq bu yeçimi emas. Biz bunday holatga tuşmaslik uçun kobeydjing kartalarini ma'qul kördik.
Kobeydjing kartalarining bir qator imkoniyatlari mavjud. Bir kartada ikki tölov tizimlarining logotiplari joylaştirilişi, ulardan biri bizning mahalliy Uzcard va biri dunyo tölov tizimiga xizmat körsatişi uning afzalligidir. Bugungi kunda bunday kartalar xalqaro ÇinaUnionPau tölov tizimi bilan hamkorlikda çiqarilmoqda. Ta'kidlaş joizki, ÇinaUnionPau işlab çiqarilgan kartalar va muomaladagi kartalar soni böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi.
Markaziy bank mutaxassislari bunday çeklovlar Özbekistonga heç qaçon ta'sir etmasligini ta'kidlaşgan bölsa-da, özimizni himoyalab mahalliy tölov tizimimizni rivojlantiriş ortiqçalik qilmaydi.
— Uzcard da CVC-kod, 3D secure, bir martalik xaridlar uçun virtual kartalar mavjud emas. Axir bular qöşimça xavfsizlikni ta'minlaşi mumkin-ku. Bu borada qanday işlar amalga oşirilmoqda?
— Bularning barçasi allaqaçon mavjud. CVC-kod kobeydjing kartalarida mavjud bölib, u yerda NFC (ma'lumotlarni simsiz uzatiş texnologiyasi, — tahr.) «magnitça» bor. Yaqin kunlarda bu oddiy söm plastik kartalar bilan ham amalga oşiriladi, yangi yildan boşlab biz banklar bilan bunday kartalarning emissiyasi masalasi ustida iş olib boramiz.
3D secure masalasi böyiça – bu ham tayyor. Xizmat internet orqali xaridlar qilişga yordam beradi va ularni bir martalik kod bilan tasdiqlaydi, bu esa qöşimça himoya sifatida xizmat qiladi.
Virtual kartalar haqida gapiradigan bölsak, qulay tizim: har bir xarid uçun bir martalik karta oçiladi, hisobiga pul tuşiriladi, xarid amalga oşiriladi va karta yopiladi. Agarda bu kartaning ma'lumotlari xakerlar qöliga tuşib qolsa ham, ular xaridga ajratilgan mablağdan ortiq pulni öğirlay olmaydilar.
Aytib ötilganlarning barçasi, biz tomonimizdan texnik imkoniyatlar yaratilganini anglatadi. Biz bu imkoniyatlarni joriy etişga tegişli qonunning tasdiqlanişini kutmoqdamiz. Noqonuniy biror nimani işga tuşirişga haqli emasmiz. Bu texnologiyalarni işga tuşiriş uçun qonuniy tomondan mustahkamlik kerak. Misol uçun, biz allaqaçon WebMoney, QIWI elektron hamyonlar bilan tizimni integrallaştirganmiz va hozirda hukumatning tegişli qarori qabul qilinişini kutmoqdamiz.
Biz özimizni innovatsion kompaniya deb hisoblaganimiz bois, topşiriqlarni kutib ötirmaymiz, qadamimiz oldindan öylangan. Oddiy misol, hozirda Soliq kodeksi, aniqroği, kelgusi yildan QQS ni kiritiş muhokama qilinmoqda. Ajablanarlisi, Markaziy bank, Moliya vazirligi muhokama jarayonida terminallar bunga tayyormi, deb qiziqişmadi. Biroq, bu masala mutaxassislarimiz tomonidan allaqaçon körib çiqilgan va tayyorlangan. Aks holda, iş katta keçikişlar bilan «qanday qilib bölsa ham qildik» qabilida amalga oşirilar edi. Şu sabab ham biz oçiq muloqotga tayyormiz, bahslaşişga, qayerdadir nimadir taklif kiritişga tayyormiz. Biz tartibga soliş organi tomonidan doimiy maslahatlarga muhtojmiz.
Yil yakunida tizimga yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça yirik loyihani tayyorlamoqdamiz va albatta, barçani taqdimotga taklif etamiz. Bizning istagimiz, odamlar orasida tuşunmovçilik kelib çiqmasligi uçun ma'lumotni töğri yetkaziş, asosiysi esa yolğon xabarlar tarqatilmasligini ta'minlaşdir.
—Uzcard qöşimça uskunalar xarid qilib oliş yordamida tizimning imkoniyatlarini oşirişni rejalaştiryaptimi?
— Tizimimiz keça-yu kunduz faol holatda işlaşi darkor. Serverlarni yangisiga qaysi payt ötkazamiz? Bu işni aksariyat aholi vakillari uyqudaligida, erta tongda soat 3-4lar atrofida amalga oşiriş mumkin. Şuningdek, hattoki, arzimas qöşimça kiritiş uzilişlarga sabab bölişi mumkin, şu sabab ham men har doim jamoamizga ta'kidlayman, bizni xato qilişga haqqimiz yöq. 15 sentabrdagi kabi holat takrorlansa, bizni heç kim keçirmaydi, deyman. Yetti ölçab bir kes, degan maqolni bizning holatda 100 marta ölçab bir kes, deb özgartirgan bölardim.
Biz allaqaçon zaruriy qöşimça uskunalarni xarid qilganmiz, biroq tizimda salbiy holatlar kuzatilmasligi uçun ularni yangi yil arafasida işga tuşirmaslikka qaror qildik. Ötgan yildan buyon, bayram kunlarida bizning yangi jamoamiz uzilişlarga yöl qöymagan. Körsatkiçlarga nazar taşlasak, ötgan yili, bir soniyada 800 ta tranzaksiyalar amalga oşirilgan, oddiy kunlarda esa bu körsatkiç 180 tadan 200 tagaçani taşkil etadi. Joriy yilda bundan ham yuqori raqamlar bölişi kutilmoqda. Yangi uskunani sinovdan ötkaziş, qöşimça himoyalarni örnatiş işlari bayram kunlaridan keyinga rejalaştirilmoqda. Odamlarning tölov tizimida uzilişlar bölmasligiga va bayramni a'lo darajada ötkazişga işonçlari yuqori bölsin. Meni Uzcard jamoasidan könglim töq, ular öz işining ustalari. Hazil tariqasida men jamoamizni “vatanparvar robotlar” deb atayman