Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni noqonuniy davlat rahbari deb hisoblamaydi, dedi 19 fevral, çorşanba kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik. «Prezident Zelenskiy töğri ötkazilgan saylovdan söng öz lavozimiga kirişgan», dedi u Nyu-Yorkda jurnalistlarga AQŞ prezidenti Donald Trampning Zelenskiyni «diktator» deb atagan sözlarini izohlar ekan.

Öşa kuni avvalroq Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida ukrainalik hamkasbini sörovlarda «juda past reyting»ga ega bölişiga qaramay, «prezidentlik saylovlarini ötkazişdan boş tortgani» uçun tanqid qilgan edi. U Zelenskiyni Amerika pullarini «yutib bölmaydigan va heç qaçon boşlanmasligi kerak bölgan uruş» uçun sarflaganlikda aybladi. «Saylovsiz diktator, Zelenskiy şoşilsa yaxşi böladi, aks holda uning mamlakati qolmaydi», deb yozgan Amerika yetakçisi.

Ukraina prezidenti Trampning sözlariga hozirça izoh bermadi. Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga mamlakat öz yaşaş huquqini himoya qilişini ta’kidladi. «Ukraina zamonaviy Yevropa tarixidagi eng dahşatli harbiy hujumni va uç yillik umumiy uruşni boşdan keçirdi. Ukraina xalqi va uning prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin bosimiga könişdan boş tortdi. Heç kim Ukrainani taslim bölişga majburlay olmaydi. Biz mavjud böliş huquqimizni himoya qilamiz», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Şols va Berbok Zelenskiyni himoya qilib çiqdi

Germaniya hukumati ham Donald Trampning bayonotlarini tanqid qildi. Germaniya kansleri Olaf Şols Der Spiegel naşriga bergan intervyusida Ukraina prezidentining demokratik qonuniyligini inkor etiş «şunçaki notöğri va xavfli» ekanini aytdi. «Volodimir Zelenskiy Ukrainaning saylangan davlat rahbari ekanligi töğri. Uruş paytida töğri saylovlar ötkazişning iloji yöqligi Ukraina konstitutsiyasi va saylov qonunçiligida öz aksini topgan. Heç kim boşqaça da’vo qilmasligi kerak», deb ta’kidladi Şols.

Ukraina taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Trampning bayonotlarini «butunlay absurd» deb baholadi. «Agar siz real dunyoga nazar taşlasangiz va şunçaki tvit joylaştirmasangiz, Yevropada kim diktatura ostida yaşayotganini tuşunasiz: Rossiyadagilar, Belarusdagilar», — dedi Berbok ZDF telekanalida.