Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi 24 fevral kuni London Rossiyaga nisbatan eng yirik sanksiyalar paketini e’lon qilişini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina va Yevropa «kritik vaziyatda» turibdi.

«Ertaga men Rossiyaga qarşi mojaro boşlanganidan beri joriy etiladigan eng katta sanksiyalar paketini e’lon qilaman», — deydi Lemmi. Uning sözlariga köra, hozir «talabni kuçaytirişning ayni vaqti».

Buyuk Britaniya TIV rahbari, şuningdek, «barqaror, adolatli tinçlikka» erişiş uçun AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qiliş niyatini bildirdi. Fevral boşlarida Britaniya boş vaziri kanselyariyasi Kir Starmer Rossiya energetika kompaniyalariga qarşi sanksiyalarni muhokama qilişi haqida ma’lumot bergandi.

24 fevral kuni — Ukrainaga qarşi jangovar harakatlar boşlanganiga uç yil tölişi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 16-paketini joriy etadi. Bu safar boşqa narsalar qatorida alyuminiy va neft eksportiga ham çeklovlar qöllanadi.

Avvalroq Yevropa davlatlari Ukrainaga kamida 20 milliard yevrolik harbiy yordam paketi ustida işlayotgani töğrisida xabar berilgandi. Yevropa Ittifoqi şu tariqa AQŞning Rossiya bilan yaqinlaşuvi fonida Kiyevni qöllab-quvvatlaşga harakat qilmoqda. Paketga, xususan, artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar kiradi.