Hujjat bilan Taşqi savdo operatsiyalari amalga oşirilişi monitoringini olib boriş va nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritilmoqda.
Xususan, atamalar töliq yangilanmoqda. Avvalgi tahrirda 26 ta atamaga ta’rif berilgan bölsa, endilikda ular 15 taga qisqartirildi. Hujjatda quyidagi yangi atamalarga ta’riflar berilgan:
moliya agenti — pul talabnomasidan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş evaziga moliyalaştiriş böyiça şartnomalar tuziş huquqiga (litsenziya) ega bölgan banklar va boşqa kredit hamda tijorat taşkilotlari;
faktoring — xöjalik yurituvçi sub’yektlarning qarzdorlik böyiça majburiyatlarini sotib oliş yoki qayta sotiş.
Taşqi savdo şartnomasi böyiça işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatiş dalolatnomalarining nusxasi TSOYaEATga biriktirilganda, işlar bajarilgan va xizmatlar körsatilgan deb hisoblanadi.
Moliya agentlari rezident bölganda, ular töğrisidagi ma’lumotlar TSOYaEATga eksport kontrakti böyiça valuta mablağlarini oluvçi sifatida kiritiladi hamda aktivlarni repatriatsiya qiliş töğrisidagi talabning bajarilişini ta’minlaş majburiyati mazkur moliya agentlariga ötadi.
Moliya agentlari norezident bölganda, aktivlarni repatriatsiya qiliş töğrisidagi talabning bajarilişini ta’minlaş majburiyati eksport qiluvçida qoladi. Bunda eksport kontraktlari böyiça debitor qarzdorlikni sotib oliş şartnomasi asosida norezident moliya agentidan mablağ kelib tuşganda, aktivlarni repatriatsiya qiliş töğrisidagi talab bajarilgan hisoblanadi.
Körsatilgan xizmatlar uçun moliya agentlari tomonidan uşlab qolinadigan pul talabnomasi summasining 10 foizidan ortiq bölmagan miqdordagi mukofot puli (diskont) debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda tegişli eksport kontraktlaridan tuşadigan valuta miqdori moliya agentlarining mukofot puli (diskont) miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvçilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.












