Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Qozoğistonning Tengrinews, Massaget, «Vesti», Juldiz FM, Tengri FM va boşqa köplab yetakçi ommaviy axborot vositalarini birlaştirgan Alash Media Group holdingi asosçisi va boş direktori Zaure Kazibayeva bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli Özbekiston—Qozoğiston munosabatlari misli körilmagan darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Asadovning yozişiça, samimiy ruhda ötgan uçraşuvda media sohasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga oid masalalarning keng doirasi batafsil muhokama qilingan. Bu qardoş xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi haqida yakdil fikr bildirilgan.

«Ommaviy axborot vositalarimizga qöşma loyihalarni amalga oşirişda, jumladan, kontent almaşiş, press-turlar uyuştiriş, Özbekiston va Qozoğistonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surişda ularga har tomonlama kömaklaşişga kelişib oldik», — deb yozadi prezident matbuot kotibi.