Norasmiy ma’lumotlarga köra, Ukraina AQŞ ma’muriyati bilan tabiiy resurslar böyiça kelişuv şartlarini kelişib olgan va yaqin kunlarda şartnoma imzolaşi mumkin. 25 fevral, seşanba kuni ismini oşkor qilmaslik şarti bilan AFP agentligiga Ukrainaning yuqori martabali mulozimi: «Hozirda hukumat rasmiylari tafsilotlar ustida işlamoqda» dedi.
Uning sözlariga köra, hozirda Kiyev rasmiy delegatsiyaning «kelişuvni imzolaş uçun» 28 fevral kuni Vaşingtonga taşrif buyurişi imkoniyatini örganmoqda.
Matndan AQŞning maxsus jamğarma ustidan töliq nazorat qilişi haqidagi band olib taşlandi
Öz navbatida, Ukrainaning «Ekonomiçeskaya pravda» naşri öz ixtiyoridagi kelişuv loyihasiga tayanib, uning yangilangan versiyasida Ukraina tabiiy resurslaridan tuşadigan daromadlar yönaltirilişi közda tutilgan Tiklaniş investitsiya jamğarmasi ustidan 100 foiz AQŞ nazorati böyiça band yöqligini xabar qildi. «Ukraina va AQŞ jamğarmani birgalikda boşqaradi, ammo Qöşma Ştatlar öz qonunçiligi doirasida qaror qabul qiliş vakolatiga ega böladi», deb yozadi naşr.
«Jamğarma Ukraina tabiiy resurslari, portlari va resurslar bilan boğliq infratuzilmalardan (hatto Ukraina hukumatiga bilvosita tegişli bölgan) daromadning 50 foizini Ukraina iqtisodiyotiga qayta sarmoya kiritiş uçun oladi», — deyiladi naşrda.









