Tramp ma’muriyati AQŞ hududida noqonuniy yurgan çet el fuqarolari röyxatdan ötişi va özlarining şaxsiy ma’lumotlarini kiritişi kerak bölgan portalni işga tuşirdi. The Wall Street Journal’ning ma’lum qilişiça, uşbu talabga böysunmaganlar 5 ming dollargaça jarimaga tortiladi yoki 6 oy muddatgaça ozodlikdan mahrum etiladi.
Noqonuniy migrantlar reyestrini yaratiş töğrisidagi farmon AQŞ prezidenti tomonidan 20 yanvarda imzolangan edi. Unga köra, barmoq izlarini topşirmagan va Amerika vizasi uçun ariza berişda röyxatdan ötmagan hamda AQŞ hududida 30 va undan ortiq kundan beri qolayotgan 14 yoşdan katta har bir xorijlik uşbu portalda röyxatdan ötişi kerak. 14 yoşgaça bölgan bolalarni ularning ota-onalari yoki vasiylari röyxatdan ötkazişlari lozim.
Portalda röyxatdan ötiş vaqtida migrantlar özlarining pasport ma’lumotlari va yaşaş manzillarini körsatişlari, şundan söng barmoq izlarini topşirişlari kerak. Röyxatdan ötilganidan keyin u içki xavfsizlik departamentidan tasdiqlov oladi va mazkur hujjat migrantning yonida doim yurişi kerak. Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ma’lum qilişiça, AQŞ hududida noqonuniy yurgan migrantlarda tanlov bor: «ular öz vatanlariga qaytişi va keyinçalik qonuniy yöl bilan AQŞga kelişlari yoki qonunbuzarlik uçun javobgarlikka tortilişi mumkin».







