Boğçadagi quvnoq muhit jajji öğil-qizlarning şaxs sifatida şakllanişida muhim rol öynaydi. Ayniqsa, ularning jamiyatga tez moslaşişi, jismoniy, aqliy va ma’naviy kamoloti bevosita ana şu maskan bilan boğliq.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi tegişli qaroriga muvofiq, mamlakatda umumiy turdagi davlat boğçalariga 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar qabul qilinadi. Xususiy maktabgaça ta’lim muassasasiga qabul qiliş yoşi va tartibi esa uşbu maskan tomonidan mustaqil belgilanadi.
Xöş, bu jarayonda ota-onalardan qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab etiladi? Mazkur savolga Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi boş pediatri Dilobar Hidoyatova batafsil javob berdi.
— Boğça yoşi bolalikning eng muhim davri, — deydi mutaxassis. — Şu bois, yurtimizda jajji öğil-qizlar salomatligini asraş, ular örtasida kasalliklarning oldini olişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, bugungi kunda bolalarni MTMga qabul qilişda ota-onalardan bir neçta tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi.
Amaldagi tartibga köra, ayni paytda tuğuruq komplekslarida çaqaloq dunyoga kelgaç, töğridan töğri ota-onaning yaşaş manzili böyiça röyxatga olinadi va avtomatik tarzda Davlat xizmatlari markazi orqali maktabgaça ta’lim muassasasiga navbatga qöyiladi.
Bola 3 yoşga tölgaç, DXM tomonidan ota-onaning mobil telefoniga farzandini boğçaga joylaştiriş uçun navbati kelgani haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Şundan söng Soğliqni saqlaş vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi tegişli buyruğiga binoan 026-şakldagi tibbiy ma’lumotnoma oliş uçun bola hududiy oilaviy poliklinikada yöllanma asosida stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog, oila şifokori tomonidan tibbiy körikdan ötkaziladi.
Umumiy qon va peşob hamda 3 marta gijjaga qarşi laborator tahlillar olinadi.
Qolaversa, bola Milliy profilaktik emlaş kalendariga muvofiq virusli gepatit V, sil, poliomiyelit, rotavirus infeksiya, böğma, qoqşol, kökyötal, Xib infeksiya, qizamiq, epidparotit, pnevmokokk infeksiyasi kabi xastaliklarga qarşi vaksina olganligi haqida 063-şakldagi tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi. Şu bilan birga, ota-onalardan farzandini gepatit A ga qarşi emlaş tavsiya etiladi.
Vaksina olişga qarşi körsatmalar (perinatal holatlar, jarohatlar, infeksion yoki surunkali kasalliklar, avvalgi emlaş preparatlariga reaksiyalar yoki asoratlar, dori vositalariga va oziq-ovqatlarga allergik reaksiyalar) bölsa, reabilitatsiya va soğlomlaştiriş jarayonlaridan söng emlaş tadbirlari ötkaziladi.
Agar bolada tserebral falaj, talvasa va epilepsiya sindromi hamda ruhiy xastaliklar aniqlansa, ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim muassasasiga joylaştiriş tavsiya qilinadi.












