Özbekistonda 086-şakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn oliş imkoniyati yaratildi, deya xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Ilgari uşbu hujjatni oliş uçun tibbiyot muassasasiga qayta boriş va navbatda turiş talab etilgan bölsa, endi bu jarayon raqamlaştirildi.
Mazkur ma’lumotnoma quyidagi şaxslarga taqdim etiladi:
- OTM, litsey va kollejlarga hujjat topşiruvçi abituriyentlar;
- işga kiruvçi nomzodlar va sportçilar;
- sudyalik lavozimiga tayinlanuvçilar;
- «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga yöllanma oluvçi keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslar.
Ma’lumotnomani oliş uçun foydalanuvçi my.gov.uz portaliga kirib, «Soğliqni saqlaş» bölimiga ötişi, «086-şakldagi tibbiy ma’lumotnomani oliş» xizmatini tanlaşi va tayyor hujjatni yuklab olişi kerak böladi.
Muhim eslatma: ma’lumotnoma portalda şakllanişi uçun fuqaro avval tegişli tibbiyot muassasasida şifokorlar körigidan ötgan bölişi lozim. Şifokorlar xulosasi bazaga kiritilgaç, hujjatni masofadan turib oliş mumkin. Xizmatdan foydalaniş mutlaqo bepul va heç qanday hujjat talab etilmaydi.








