Rossiya AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududida joylaşgan ba’zi mineral resurslar, jumladan, nodir metallarga egalik huquqini AQŞga ötkazişi mumkin bölgan kelişuv tuziş imkoniyatini taklif qildi. Bu haqda 26 fevral, çorşanba kuni NBC News öz veb-saytida bu boradagi razvedka ma’lumotlari bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan ikki nafar amerikalik rasmiy va boşqa xabardor manbaga tayanib xabar berdi.

Telekanal manbalariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yuqori martabali yordamçilari Saudiya Arabistonidagi uçraşuvda Tramp ma’muriyati vakillari bilan yuqoridagi fikrni muhokama qilgan.

Amerika rasmiylarining aniqlik kiritişiça, muhokama AQŞning Rossiya özining «yangi hududlari» deb hisoblagan Donetsk va Zaporijjya viloyatlaridagi konlarga kirişi haqida ketmoqda. Manbalarga köra, Amerika tomoni bu kelişuvga rozi bölmagan, biroq uni ham rad etmagan.

«Tramp tranzaksion öyinçi, şuning uçun Putin buni tuşunib, şunday qarşi harakatni öylab topdi», deya mintaqada tajribaga ega sobiq amerikalik diplomatdan iqtibos keltiradi jurnalistlar. Manbaga köra, Rossiya Trampning Ukrainaning tabiiy resurslariga qiziqişini ham, Zelenskiyning kelişuvning dastlabki variantini imzolaşdan boş tortganini ham aniq körgan.

Tramp «iqtisodiy rivojlaniş» böyiça kelişuvlar haqida

«Biz iqtisodiy rivojlaniş böyiça qandaydir bitimlar tuzişga harakat qilyapmiz. Ularda (Rossiya) biz olişni istagan narsalar köp», — dedi Trampning özi 24 fevral kuni jurnalistlar bilan suhbatda. «Bilasizmi, ularda noyob yer metallarining katta zaxiralari bor. Ular... juda katta...»

«Agar biz buni qila olsak, menimça, bu dunyo tinçligi va uzoq muddatli tinçlik uçun juda yaxşi bölar edi», — deya qöşimça qildi Tramp. «Xuddi Ukraina bilan qilganimiz kabi, agar biz Rossiyani iqtisodiy jihatdan rivojlantirib, xohlagan narsamizga erişa olsak, şunga öxşaş narsa bölişi mumkin edi».

25 fevral kuni Tramp Rossiya bilan hozir u nazorat qilayotgan Ukraina hududidagi mineral resurslar böyiça kelişuv «bölişi mumkinligini» aytdi, biroq u buni Putin bilan muhokama qilganmi yoki yöqmi, aniqlik kiritmadi, deb yozadi NBC.