Farğona viloyatining Qöqon şahrida bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini naqdlaştirib, özlaştirib yuborgani aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinişiça, «Xalq banki» Qöqon universal bank xizmatlari markazi mansabdor şaxslari va boşqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bölib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, budjet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Xususan, markazning mansabdor şaxslari hamda boşqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy ta’minoti markazining ikki xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqaroning xabarisiz va iştirokisiz ularning nomiga bank kartalarini oçgan. Söngra bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln söm moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlaştirilib, özlaştirib yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uşbu modda böyiça gumondorlarga eng kam oylik iş haqining 300 baravaridan 600 baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tahdid qilmoqda. Ammo yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanmaydi.








