Reglament loyihasiga köra, tabiiy muhitga, inson salomatligiga yoki tabiiy resurslarga sezilarli zarar yetkazmagan, oqibatlari qisqa muddatda bartaraf etilişi mumkin bölgan hamda odatda birinçi marta yoki tizimli bölmagan holda sodir etilgan qonunbuzilişlar iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega huquqbuzarlik sifatida baholanişi mumkin.

Loyihada bunday huquqbuzarliklar qatoriga hisobotlarni qisqa muddatga keçiktiriş, çiqindilarni hisobga olişdagi texnik xatolar, kökalamzorlaştiriş işlarini öz vaqtida bajarmaslik, ekologik hisob-kitoblardagi nomutanosibliklar va atrof-muhitga zarar yetkazmagan boşqa qator holatlar kiritilgan.

Huquqbuzarlikning past ta’sir darajasiga ega ekanini aniqlaşda zararning mavjudligi va miqdori, oqibatlarning davomiyligi, kamçilikni tez bartaraf etiş imkoniyati, ekologik hamda ijtimoiy xavfsizlikka ta’siri kabi mezonlar hisobga olinadi. Şuningdek, Ekologik nazorat inspeksiyasi har bir holatni alohida örganib, qonunbuzilişni bartaraf etiş böyiça tavsiyalar beradi.