Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida reyd tadbirlari ötkazildi.

Yangiyöl tumani «Baytiş» MFY hududida olib borilgan reyd davomida hududdan oqib ötuvçi Çirçiq daryosining muhofaza mintaqasidan bir guruh şaxslar tomonidan maxsus texnikalar yordamida özboşimçalik bilan qum-şağal aralaşmasi qazib olinib, hududdan olib çiqib ketilayotganligi aniqlandi.

Bundan taşqari, Quyi Çirçiq tumani «Mevazor» MFY hududida ötkazilgan reyd davomida Çirçiq daryosi özanidan bir guruh şaxslar tomonidan maxsus texnikalar yordamida özboşimçalik bilan qum-şağal aralaşmasi qazib olinib, hududga yaqin masofada joylaşgan toş maydalaş korxonasiga taşib ketilayotganligi aniqlandi.

Transport vositalari toş maydalaş faoliyati bilan şuğullanuvçi «F.M.» MÇJga tegişli ekanligi ma’lum böldi.

Har ikki holatda ham tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

Texnika vositalari vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilib, tegişli hujjatlar holatga huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuborildi.