2026 yilning yanvar-iyun oylarida «Soliq» mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 63 714 ta murojaat kelib tuşgan.

Qayd etilişiça, eng köp murojaat xarid çeki bermaslik böyiça bölgan - 51 974 ta.

Tölovni plastik karta orqali qabul qilmaslik böyiça 2 149 ta, plastik karta uçun xarid summasini oşiriş böyiça 135 tasi hamda boşqa turdagi huquqbuzarlik holatlari böyiça 9 456 ta murojaat tuşgan.

Murojaatlarning 19 040 tasi takroriy bölganligi yoki şikoyat kelib tuşgan tadbirkorlik sub’yektida tekşiruv davom etayotganligi sababli körib çiqilmagan.

Murojaatlar asosida 41 687 ta sayyor soliq tekşiruvi ötkazilib, 99,5% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari böyiça xabar bergan fuqarolarga 31 174 ta holat böyiça (undirilgan jarima summasidan 20%) 20,2 mlrd söm mukofot tölangan.